YONG’INGA QARSHI KURASHNING ASOSIY OMILLARI
Dunyoda har yili 3,1 milliondan ortiq yong'in sodir bo‘lib, ularda 20 mingdan ortiq odam halok bo‘ladi. Yong‘inlarning 50% ga yaqini binolarda va transportda sodir bo‘ladi, shuningdek ular barcha qurbonlarning 90% ni tashkil qiladi. Yong‘inlar soni bo‘yicha AQSh dunyoda etakchi hisoblanadi. Biroq yong‘inlarda halok bo‘lganlarning statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 100 ming kishiga eng ko‘p jabrlanganlar soni shimoliy Yevropa davlatlariga to‘g‘ri keladi.
Yong’inga qarshi kurashning asosiy omillaridan biri uni o‘z vaqtida aniqlash va yong‘in kuchayib ketmasdan oldin unga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirishdir. Bunda aloqa vositalari va signalizatsiyalardan foydalanish yaxshi natija beradi.
Respublikamizga xorijiy texnik vositalar muntazam kirib kelmoqda, neft va gaz sanoati, energetika, rangli metallurgiya, kommunikatsiya va aloqa tarmoqlari keskin rivojlanmoqda. Bu yong‘in o‘chirish texnik vositalariga bo‘lgan talab va e’tibor o‘z-o‘zidan oshishiga olib keladigan omillardan biridir. Jumladan, xorijiy davlatlarda yong‘inga qarshi kurashish, yong‘inlar oldini olish maqsadlarida zamonaviy texnik vositalardan samarali va unumli foydalanib kelinmoqda. Bu esa avtomatik yong‘in xabarlovchilarining ham yangi avlodlari yoki turlarning yaratilishi va rivojlanishini taqazo etadi. Yong’inni tez va samarali o‘chirish asosan, uning aniqlanish reaksiyasi tezligiga, yong’inni mahalliylashtirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarning tezlik bilan bajarilishiga bog‘liqdir.
Unutmanki, yong‘inni bartaraf etishdan ko‘ra, olidini olish afzaldir!
Shaxnoza MAXAMATJANOVA, Turkiston YoXTTEB mutaxassisi katta inspektori, kapitan
Farxod YUNUSOV,
Toshkent shaxar FVB Uzbekiston Respkblikasi Oliy Majlis Senatiga karashli binolarida YoXTTEB mutaxassisi, serjant