Vestminster xalqaro maktabi ochiladi
Hujjatlar
20 / 04 / 2019
O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi(regulation.gov.uz) saytida Vazirlar Mahkamasining Toshkentda Vestminster xalqaro maktabini ochish to‘g‘risidagi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Xalqaro maktabda ta’lim ingliz tilida va to‘lov-shartnoma asosida olib boriladi. O‘quv reja va dasturlar xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ishlab chiqiladi.
Bitiruvchilarga davlat namunasidagi ta’lim hujjati (sertifikat, attestat) bilan bir qatorda xalqaro darajadagi (International Baccalaureate, Advanced Placement yoki International Advanced Levels) diplom beriladi. Bu diplom bitiruvchilarga xorijiy oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirish imkonini beradi.