Ijaraga berilgan darsliklar yo‘qolsa...
Hujjatlar
21 / 05 / 2019
Maktablarda ijaraga berilgan darsliklar yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalar ijaraga oluvchilar tomonidan yo‘qotilgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga keltirib qo‘yilgan taqdirda, zararning o‘rni ular tomonidan xuddi shunday darsliklar bilan qoplanadi yoki ularning qiymati quyidagi miqdorlarda to‘lanadi.
Unga ko‘ra:
birinchi sinf o‘quvchilarining har bir darsliklari va o‘quv-metodik qo‘llanmalari uchun — uning bir baravari miqdorida;
2 — 4 sinf o‘quvchilarining har bir darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalari uchun — uning ikki baravari miqdorida;
yuqori sinf o‘quvchilarining har bir darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalari uchun — uning to‘rt baravari miqdorida jarima to‘lanadi?