Prezident maktablariga hujjatlar qanday topshiriladi?
Hujjatlar
27 / 05 / 2019
Aholiga qulaylik yaratish maqsadida nomzodlar Prezident maktablarining pm.xtv.uz. расмий saytiga hujjat topshirishlari mumkin. Onlayn qabul 21-iyun kuni soat 24: 00da yakunlanadi. Buning uchun hech qayerga borishning hojati yo‘q.
Bundan tashqari, internetdan foydalanish imkoniyati yo‘q ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent, Namangan, Nukus va Xivadagi qabul markazlarida ham hujjatlar qabul qilinadi. Hujjatlarni qabul qilish jarayoni 22-iyun kuni soat 17:00 da yakunlanadi. 17:00 dan boshlab hujjatlar qabul qilinmaydi va ko‘rib chiqilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, ishonchsiz ma’lumotlar taqdim etgan nomzod tanlovning istalgan bosqichida imtihondan chetlashtirilishi mumkin.