«Independence lesson» — «Mustaqillik darsi»
Istiqlol — ulug‘ ne’mat. Uning qadr-qimmati, xalqimiz hayotida nechog‘li muhim ahamiyat kasb etishini o‘quvchi-yoshlar ong-u shuuriga jo etish muhim vazifa sanaladi. Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi Sevara Otaboyevaning yangi o‘quv yilidagi ilk darsida o‘quvchilar olam-olam taassurot, yangi ma’lumot oladi. Joriy yilning 26-yanvaridan 9-fevraliga qadar Buyuk Britaniyaning Norvich til ta’limi institutida malaka oshirib qaytgan izlanuvchan pedagog bu gal ham mashg‘ulotga o‘ziga xos hozirlik ko‘rdi. Quyida muallimaning yangi pedagogik texnologiyalar va ilg‘or tajribaga asoslangan “Mustaqillik darsi” ishlanmasi bilan tanishasiz.
O‘quv yilining ilk darsi mamlakatimiz mustaqilligi mavzusiga bag‘ishlanadi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchilar qalbiga vatanparvarlik tuyg‘usini singdirish, mustaqillikning ulug‘ ne’mat ekanini tushuntirishdir. Hozirgi kunda ta’limning asosiy talabi darsni interfaol usullar bilan tashkil etish hisoblanadi. Men bu yilgi mustaqillik darsimni biroz o‘zgacha yondashuv bilan o‘tishni rejalashtirdim.
Darsning tashkiliy qismi, “Warm up”ga to‘xtalib o‘tirmay, asosiy qismga o‘tib ketaversam bo‘ladi, chunki hammamiz salomlashish, navbatchilik va mavzuga doir savollar berishni maromiga yetkazamiz.
Asosiy qismni “tinglab tushunish” ko‘nikmasi asosida olib borish maqsadga muvofiq. Hozirgi fan-texnika taraqqiy etgan zamonda yoshlarni darsga jalb etishning eng samarali usullaridan biri internet tarmog‘iga murojaat etib, darsga oid qiziqarli materiallar bilan mavzuni boyitishdir. Menga bu borada multimediali resurslar qo‘l keladi. Bugun ham “You tube” kanalidan “Uzbekistan: Old World meets New World” mavzusidagi videolavhani yuklab oldim va unga doir mashqlar ishlab chiqdim. Ushbu lavhani “You tube”ning “Bare feet with Mikela Mallozi” sahifasidan topish mumkin.
Bu mavzuda o‘quvchilarning yoshi, bilim, ko‘nikmalarini hisobga olgan holda, har qanday mavzuga mos videolav¬halardan foydalanish mumkin. Savollar tuzish esa ko‘p vaqtni olmaydi. O‘quvchilarda video haqida tasavvur uyg‘onishi uchun quyida 3 daqiqalik videomatnni kiritaman.
I am a dancer and I am a traveller and where I go I experience the world in one dance at a time. I am Mikela Mallozi and this is “bare feet”. Uzbekistan is the capital city of Tashkent was devastated by a massive earthquake in 1960’s, which destroyed almost all ancient buildings. It is now the most modern city of the country. During the time of reconctruction under the soviet rule new buildings lost their original style and architecture but it Islamic design still can be found within the walls. Of course our guide Edgar is showing us round — only the best spots.
City’s main attraction. Independence squareknown as the heart of Tashkent nearby a modern museums, monuments and statues venerating Amir Temur, the 14th century ruler in Cental Asia. After along morning sightseeing we decide to hace a relaxing lunch. We are in Sarbon, a wonderful restaurant in Tashkent and I am having a traditional lunch with all my Uzbek friends.
This is what bride would be wearing. — Wow, second Uzbek princess. And my groom back to the markets we go, a must to do thing in Uzbekistan is shopping, these markets and bazaars sell handmade textile goods of extremely high quality from shoes to trinkets to traditional wedding gowns.
Pre-listening (tinglab tushunishga tayyorlash): Videolavhaning avvalgi bir daqiqasi namoyish etiladi va savol beriladi:
Task 1. Answer the questions:
What can you see?
What do you think is happening?
What questions do you have?
While listening (tinglash mobaynida):
Task 2. Bu topshiriq uchun 6 ta savol tayyorlab oldim. Tanlagan videolavham 7 daqiqalik. Lekin topshiriqni videoning avvalgi 2 daqiqasi asosida tayyorladim. Demak, endi videolavhaning 2 daqiqasini qo‘yamiz. Undan avval savollar varag‘ini tarqatib yoki savollar matni ekranda ko‘rsatilib, o‘quvchi javobni daftariga yozsa ham bo‘ladi.
“Complete the sentence with no more than two words and numbers”.
1. She is a dancer and _____________
2. ...devastated by massive earthquake in ________
3. Independence square, known as ____________ Tashkent
4. Amir Temur, 14th centure ____________
5. second uzbek princess and ___________________
Task 3. Navbatdagi topshiriq esa videolavhaning keyingi 2 daqiqasi asosida tayyorlanadi. Demak, video¬lavhaning 3-4-daqiqalari o‘quv¬chilar e’tiboriga namoyish etiladi. (Zarur holatlarda 2 marta qo‘yiladi.)
What do the following refer in the video?
1. …always have been one of Uzbekistan’s most valuable commodities.
2. Next morning we head to one of the oldest…
3. ...example of ornate Islamic art.
4. ...also buried his spiritual leader.
O‘quvchilar bilan tagiga chizilgan so‘zlar nimaga ishora etayotgani muhokama qilinadi.
Post-listening. Retell the story in your own words!
Videolavha oxirigacha namoyish etiladi va har bir o‘quvchi u haqidagi taassurotini navbat bilan bir daqiqadan gapiradi, o‘qituvchi esa vaqtni belgilab turadi. Shu o‘rinda bir-birlarining fikrini to‘ldirib borish, aytilmagan gapni aytish kerakligi eslatiladi.
Homework. Make your own video about the place you live in.
Uyga vazifa berish jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilarni yashash manzillariga ko‘ra uch guruhga bo‘ladi. Guruh ishtirokchilari o‘zaro ishlagan holda yashab turgan joyi haqida 2 daqiqalik audio yoki videolavha tayyorlab keladi.
Ushbu darsda har bir bosqich murakkablashib boradi, ya’ni 1-topshiriq savol-javobdan boshlanib, oxirgisida videolavha tayyorlanadi. Bunday darslarni asosan, 9-, 10-, 11-sinflarda o‘tish tavsiya etiladi. Ushbu usulni NILE (Norwich til ta’limi instituti) xalqaro treneri Alan Makkenzining tinglab tushunishni o‘rgatish darsidagi tavsiyalari asosida tayyorladim. Shunday usullardan foydalanish bugungi kunda qulay va samaralidir. Bunday dars o‘quvchilarning ijodkorligi, mustaqil ishlash qobiliyatini oshiradi, darsga qiziqishini kuchaytiradi. Ushbu mashqlarga jami 25—30 daqiqa sarflanadi.
Yakunlovchi mashq. O‘quvchilar o‘rnidan turadilar. O‘qituvchi ularga O‘zbekistonni bir yoki ikki so‘z bilan ta’riflash kerakligini (Describe Uzbekistan in one or two words) aytadi va javob bergan o‘quvchi joyiga o‘tiradi. Bunda o‘quvchilarni tezkorlikka, topqirlikka undovchi so‘zlar bilan ruhlantirish kerak. O‘quvchilar mazmunli va tezkor javob berish uchun lug‘atdan foydalanishi mumkin. Javoblarda sifat, ot va boshqa so‘z turkumlari (incredible, stunning, ancient, amazing, kind people, motherland, mesmerizing country, beautiful land) ishtirokiga ahamiyat beriladi.
Sevara OTABOYEVA, Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan
davlat umumta’lim maktabining ingliz tili o‘qituvchisi