Navoiy gulshanidan gul tering
Navoiy tavalludiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan tadbir senariysi
tc " (Navoiy
tavalludiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan
tadbir senariysi)" 1-boshlovchi: — Assalomu alaykum, mehribon ustozlar, hurmatli mehmonlar! Bugun so‘z mulkining sultoni Nizomiddin Mir Alisher Navoiyning 578 yillik to‘yini nishonlash uchun jamuljam bo‘ldik.
2-boshlovchi: — Navoiy ijodi — bir bo‘ston. Bu bo‘stonda adabiyotimizning turfa xil rangin chechaklari barq urib gullagan. Shu bois mavzuni “Navoiy gulshanidan gul tering” deb nomladik. Keling, do‘stlar, adabiyot gulshanida bir sayr etaylik.
(Navoiy hayoti va ijodi haqidagi videolavhalar ko‘rsatiladi).
1-boshlovchi: — Navoiy ijodining buyuk durdonasi “Xamsa” asaridir. Navoiy forsiyzabon ustozlari — Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy va Jomiyning tajribasidan namuna olib, ilk turkiy “Xamsa”ni yaratadi.
2-boshlovchi: — “Xamsa”ning ilk dostoni — “Hayrat ul-abror” asari asosida videolavha namoyish etamiz.
1-boshlovchi: Ushbu dostonda imon, rostgo‘ylik, ota-onaga hurmat, adolat va qanoat mavzulari hikoyatlar orqali ifoda etilgan.
2-boshlovchi: — Adolat mavzusi “Shoh G‘oziy” hikoyati talqinida. Marhamat, tomosha qiling. (Sahna ko‘rinishi namoyish etiladi).
1-boshlovchi: — Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonida esa komil inson g‘oyasi ilgari suriladi. Bu g‘oyani Navoiy Farhod timsolida aks ettiradi. (Farhod va Yosuman kampir uchrashuvi asosida sahna ko‘rinishi).
2-boshlovchi: — “Xamsa”ning uchinchi — “Layli va Majnun” dostoni xos ishqi mavzusidadir. Doston voqealari bahor faslida boshlanib, xazon faslida yakun topadi. (“Layli va Majnun” dostoni asosida videolavha ko‘rsatiladi).
1-boshlovchi: — “Xamsa”ning to‘rtinchi dostoni — “Sab’ayi sayyor” yozilish uslubi bilan boshqa dostonlardan farq qiladi. Hikoya ichida hikoya keltirilgan bu dostondan sahna ko‘rinishi tomosha qilsak. (O‘quvchilar ijrosida sahna ko‘rinishi).
2-boshlovchi: — Navoiy odil shoh timsolini beshinchi — “Saddi Iskandariy” dostonida aks ettirgan.
1-boshlovchi: — Ilm-fan rivoji uchun Ilm donish uyi tashkil qilinib, ko‘p ilmiy kashfiyotlar yaratildi.
2-boshlovchi: — Navoiy asarlari jahon tillariga tarjima qilinib, o‘rganilmoqda. Ushbu sahifamizni “Navoiy jahon kezadi” deb nomladik.
1-boshlovchi: — Ingliz tiliga A’zam Obidov, rus tiliga Ushakova tomonidan tarjima qilingan g‘azallardan tinglasak, marhamat!
2-boshlovchi: — Hozir navo-shou dasturini namoyish etsak. Bu o‘yinimizning sharti shundayki, musiqalardan parcha tinglaysiz va bu kuy Navoiyning qaysi g‘azaliga bastalanganligini aytib, shu g‘azalni ifodali o‘qib eshittirasiz. (Kuylardan parcha chalinadi).
1-kuy (“Qoshi yo sinmu deyin” g‘azali o‘qiladi).
2-kuy (“Qaro ko‘zum” g‘azali o‘qiladi).
3-kuy (“Kelmadi” g‘azali o‘qiladi).
4-kuy (“O‘ynar” radifli g‘azali o‘qiladi).
Mana do‘stlar, g‘azal mulkining sultoni — Alisher Navoiy ijodidan patchalar tingladik.
1-boshlovchi: — Biz yosh avlodga Navoiy bobomizning g‘azallari doim hamroh bo‘lsin!
Saodat YUSUPOVA, tc "Saodat YUSUPOVA," Urganch tumanidagi 2-maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi tc "Urganch tumanidagi
2-maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi "