“Bingo”ning yangicha talqini
Nafaqat har bir mashg‘ulot, balki darsdan tashqari o‘tkaziladigan tadbirlar o‘quvchi ongida yorqin taassurot qoldiradi. Bayramona dasturlar uyushtirish, bellashuvlar tashkil qilish orqali bolalarga chet tilidagi she’r-qo‘shiq, maqollarni o‘rgatish samara beradi.
Shu bois ingliz tili to‘garaklarida o‘quvchilarni kichik guruhlarga bo‘lib, odatda “Bingo” o‘yinini yangicha talqinda o‘tkazamiz. Bunda bir guruh a’zolari imo-ishora va qo‘l-oyoq harakatlari bilan biror buyum yoki jonzotni tasvirlab berdi. Raqib guruh esa to‘g‘ri javobni topishi kerak. O‘yinda sahna ko‘rinishlari orqali ertak qahramonlari, joy nomlari ham tasvirlanishi mumkin. O‘yinning ikkinchi shartida guruhlarga shu hayvon yoki predmet bilan bog‘liq she’r yodlash ta’kidlanadi. Masalan:
“It has whiskers and rhymes with hat.
It lives in the sea and rhymes with park.
It eats flies and mosquitoes, and rhymes with log.
It slithers around and rhymes with rake”...
Uchinchi shart: guruhdagi o‘quvchilar bilimi test yoki savollar yordamida sinaladi. Misol uchun quyidagi gaplarni o‘zaro mantiqiy ketma-ketlikda joylashtiring:
Hello, Mary!
I am fine, thank you.
Nice to meet you Shamsiddin.
I am ten years old.
Nice to meet you Mary, how are you?
I am twelve years old, and you Mary?
Hello Mark, this is my friend Shamsiddin.
How old are you Shamsiddin?
Xulosa qilib aytganda, har bir o‘tkaziladigan mashg‘ulot hamda tadbir bolalar uchun o‘zga xos ahamiyat kasb etishi lozim. Zavq bilan olingan bilim o‘quvchilarning xotirasida uzoq vaqt saqlanadi.
G.TURDIYEVA, Buxoro tumanidagi 53-IDUMI o‘qituvchisi