Yordamchi so‘zlar

7 - “ ” sinf Sana:
Mavzu: Yordamchi so‘zlar
Darsning maqsadi:
Ta'limiy: Matndagi yordamchi so‘zlarni aniqlash va tahlil qilish orqali o‘quvchilarga Yordamchi so‘zlar haqida ma'lumot berish;
Tarbiyaviy: o`quvchilarning savodxonlik madaniyatini o`stirish, ona tiliga bo`lgan muhabbatini orttirish, o`z ona tilisi bilan faxrlanish hissiyotini oshirish, shuningdek ularda kamtarlik, ilm olishga intilish kabi xislatlarni tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi: o`quvchilar so`z boyligini oshirish, nutqini o`stirish, fikrlashga o`rgatish, xotirasini mustahkamlash hamda ularning tanish va notanish matnlardan ajratilgan hol, to`ldiruvchi, aniqlovchi aniqlay olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish;
Kompetensiyaviy: Yordamchi so‘zlar yuzasidan hosil qilgan bilim, ko‘nikma , malakalarini kundalik hayotda qo‘llay olish kompetentligi shakllantiriladi.
Vazifalar: - o‘quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg‘otish, ularda mavzu asosida bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, kengaytirishga erishish;
-mavzuga oid berilgan savollarni o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirib olishlari hamda berilgan topshiriqlarni qay darajada o‘zlashtirganliklarini nazorat qilish, ularning bilimini baholash.
Malaka talablari:
Bilim: Yordamchi so‘zlar haqida bilim hosil qilinadi.
Ko‘nikma: darslikdagi mashq va topshiriqlar orqali Yordamchi so‘zlar ni tanish vaziyatlarda qo‘llay olish ko‘nikmasi shakllantiriladi.
Malaka: turli audio, videomatnlar berish orqali mavjud bilim, ko‘nikmalarini notanish vaziyatlarda qo‘llay olish malakasi shakllantiriladi.
O‘quv jarayonining mazmuni: Matnlarda Yordamchi so‘zlar dan foydalanish, berilgan matnlardan yordamchi so‘zlarni aniqlash
Dars turi: yangi mavzu bilan tanishtirish darsi
Dars usuli: induktiv ta'lim
O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi metodlari: “Uzilmas zanjir”, “Piyola”, “Shum bola”, “Uchinchisi ortiqcha”
Vosita: M ultimedia vositalari (videoproektor, kompyuter).
Turli xil mavzuga mos suratlar.
Mavzuga oid standart ko`rgazma.
Rag`batlantiruvchi nishonlar.
Mavzu asosida tayyorlangan slaydlar.
Nazorat turi: saylanma diktant
Baholash: 5 balli tizim asosida
Darsning borishi:
Tashkiliy qism 5 daqiqa
Uy vazifasi nazorati: 15 daqiqa
Mavzu ustida ishlash: 10 daqiqa
Mavzuni mustahkamlash: 13 daqiqa
Uyga vazifa : 2 daqiqa
Kutilayotgan natija:
O‘qituvchi: mavzuni barcha o‘quvchilar imkon darajasida to‘liq o‘zlashtirishiga erishadi. O‘quvchilar faolligini oshiradi. O‘quvchilarda fanga nisbatan qiziqish uyg‘otadi. Darsda imkon qadar ko‘proq o‘quvchilarni baholaydi. O‘quvchilar tomonidan darsni mustaqil o‘rganish va uni xotirada saqlash, boshqalarga yetkazish, savol berish va savollarga javob berishga o‘rgatadi, o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantiradi.
O‘quvchi: Yordamchi so‘zlar yuzasidan bilimlarini kengaytiradi. Mustaqil ijodiy ishlashga o‘rganadi, nutqi rivojlanadi. Qisqa vaqt ichida mavzuga oid ko‘p ma'lumotga ega bo‘ladi.
B ugungi darsga kutuvlar:
1. Yangilik
2. Fikr almashish
3. O’zaro hurmat
4. Hamkorlik
Qoidalar:
1. O’zgalar fikrini hurmat qilish
2. Baholashga shoshilmaslik
3. Tartib - intizom
4. Ozodalik
Darsning rejasi:
Darsning shiori:
Darsning borishi: s alomlashish, darsga o‘quvchilarni psixologik tayyorlash, o‘quvchilarni guruhlarga ajratish va tanishtirish
Uyga vazifani tekshirish:
Mavzusi: o‘tilgan mavzu yuzasidan mustahkamlash.
Uyda kelishiklar haqida ertak yoki hikoya tuzib kelish.
Berilgan vazifa o’qib eshittirilgach, o’quvchilar o`rtasida musobaqa o`tkaziladi. Bunda “Uzilmas zanjir” usulidan foydalaniladi.
BILIM-RING tartibi:
O`tilgan mavzu bo`yicha qoidalar navbat bilan aytiladi va bir qadam odimlaydi . Qoida takrorlansa yoki tez aytmasa, bir qadam ortga chekinadi. Marraga yetgan o`quvchi g`olib sanaladi va rag`bat kartochkasini qo`lga kiritadi.
O’tilgan mavzuni o`quvchilar qay tariqa o’zlashtirganliklarini tekshirib ko`rish maqsadida lirik chekinish tarzda “PIYOLA” sho`x o`yini ham o`tkaziladi.
MAQSAD:
· Sho`x o`yin orqali o`quvchilar jamoaga tez kirishishadi.
· Jamoa a’zolarining charchog`i chiqadi, ya’ni o`yin orqali hordiq olishadi.
· Ijobiy kayfiyat oshadi .
Mashg`ulotni o`tkazish tartibi:
Guruh sardorlari taklif etiladi. Ular bir-biriga piyola bera turib, o’tilgan mavzu yuzasidan 3 daqiqa ichida qo`shimcha ma’lumotlarni aytish orqali savol-javob o`tkazadilar:
1. Piyola navbat bilan har xil usulda uzatiladi.
2. O`quvchi har xil ko`rinishga ega bo`lishi kerak.
3. Piyola uzatayotgan o`quvchi yangi usul topolmasa yoki harakat takrorlansa, o`yindan chiqadi va g`olib guruh aniqlanadi.
P I Y O L A
1- guruh sardori ( Qo`li ko`ksida piyolani uzatib):
___________________________________?
2- guruh sardori:(Piyolani qiya holda ta’zim bilan uzatadi)
___________________________________?
3- guruh sardori: (Tavoze ila piyolani chapa qilib uzatadi)
___________________________________?
1- guruh sardori: (Piyolani bir chertib uzatadi )
___________________________________?
2- guruh sardori: (O`yin shu tartib shartiga asosan davom etadi)
__________________________________?
Yangi mavzu :
Saylanma diktant orqali tushuntiriladi.
Hatto it urishsa zirqirar qalbim,
Odam odam payin qirqmoq bo’lsa- chi ?
So’zsiz qichqiraman, nega tug’ildim,
Quloqlarim batang bo’lib qolsa- chi !
O’rtada bo’lsin deb qadr ham izzat,
Ayriliq va o’lim yaralganmi yo?
Shunda ham tantilik qilib tabiat,
Buyuk bir aqlni bergan- ku, ammo
Shu aql tantana qilar, azizim,
Tantana qiladi shafqat va vijdon.
(S. Zunnunova.)
Yordamchi so’zlar mustaqil sozlarni yoki gaplarni bir-biriga bog’lash, ularning ma’nolariga qo’shimcha ma’no yuklash vazifalarini bajaradi. Yordamchi so’zlarga ko’makchi, bog’lovchi, yuklama kiradi.
Yordamchi so’zlarning mustaqil so’zlardan farqi:
Ma’lum so’roqqa javob bo’lish yoki bo’lmasligi;
Atash ma’nosining mavjudligi yoki mavjud emasligi;
Ma’lum gap bo’lagi vazifasida kelish yoki kelmasligi;
155-mashq: uchun, bilan, va, chunki yordamchi so’zlaridan foydalanib, gaplar tuzing.
Har bir gurudan bittadan o’quvchi gaplarni o’qiydi.
Dam olish daqiqasi:
Yozdik-yozdik, ko’p yozdik,
Qo’llarimiz charchadi.
Endi birga turamiz,
Qo’lda chapak chalamiz.
Qo‘llarimiz ishlatamiz,
Oldi tomon ko‘rsatamiz,
Yon tomonga cho‘zamiz,
Quvnab qarsak chalamiz.
Oyoqlarni do’pillatib,
Barmoqlarni ochib-yopib,
So’ngra tez o’tiramiz,
Davomini yozamiz.
Yozib charchar qo‘limiz,
O‘qib tolar ko‘zimiz.
Boshimiz qo‘yib asta,
Dam olamiz ohista.
Yangi mavzuni mustahkamlash: bunda ikki usuldan foydalaniladi.
1.“Shum bola” usuli
2. “Uchinchisi ortiqcha” usuli
“Shum bola” o`yini tartibi:
Shum bolaning yolg`on so`zlaydigan odati bor. “Yolg`onning umri qisqa” deydilar. O`tilgan mavzular bo`yicha shum bola har 3 guruhga 2 ta ma’lumot aytadi. Qo`lidagi do`ppini tutgan o`quvchi aytilgan ma’lumotning rost yoki yolg`onligini fosh etadi , ya’ni yolg`on aytilsa, do’ppini olgan o`quvchi darhol o`rnidan turishi lozim. To’g’ri ma’lumot aytilsa, o’tirgan joyida do’ppini shum bolaga uzatadi. Shu tariqa qisqa vaqt ichida o`quvchilarning yangi mavzuni o’zlashtirganligi aniqlanadi.
Agar o’quvchi yolg’on ma’lumotni aniqlab, o`rnidan tursa, guruhiga rag`bat kartochkasini olib beradi.
Darsni yakunlash:
Sovg’a topshirish.
Rag’batlantirish kartochkalarini “Bilimdonlar sandiqchasi”dan olib, hisoblash va g’olib guruhni aniqlash. Dars jarayonida faol ishtirok etgan o’quvchilarni baholash.
Uyga vazifa berish: “Yordamchi so’zlarga hurmatim” mavzusida ijodiy matn yaratib kelish.
Ko`rib chiqildi: O’.T.I.B.D.O’._________
O‘quv jarayonining mazmuni
Matnlarda Yordamchi so‘zlardan foydalanish, berilgan matnlardan yordamchi so‘zlarni aniqlash
O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
Dars turi: yangi mavzu bilan tanishtirish darsi
Dars usuli: induktiv ta'lim
Metod: “Uzilmas zanjir”, “Piyola”, “Shum bola”, “Uchinchisi ortiqcha”, “Dam olish daqiqasi”
Vosita: M ultimedia vositalari (videoproektor, kompyuter).
Turli xil mavzuga mos suratlar.
Bukletlar.
Mavzuga oid standart ko`rgazma.
Payola.
Rag`batlantiruvchi nishonlar.
“Bilimdonlar sandiqchasi” qutichasi.
Mavzu asosida tayyorlangan slaydlar.
Baholash: 5 balli tizim asosida
Dars jarayoni
Tashkiliy qism: s alomlashish, darsga o‘quvchilarni psixologik tayyorlash, navbatchi hisoboti orqali davomatni aniqlash;
Uy vazifasi nazorati:
Mavzu ustida ishlash:
Mavzuni mustahkamlash:
Uyga vazifa :
Kutilayotgan natija
O‘qituvchi: mavzuni barcha o‘quvchilar imkon darajasida to‘liq o‘zlashtirishiga erishadi. O‘quvchilar faolligini oshiradi. O‘quvchilarda fanga nisbatan qiziqish uyg‘otadi. Darsda imkon qadar ko‘proq o‘quvchilarni baholaydi. O‘quvchilar tomonidan darsni mustaqil o‘rganish va uni xotirada saqlash, boshqalarga yetkazish, savol berish va savollarga javob berishga o‘rgatadi, o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantiradi.
O‘quvchi: Yordamchi so‘zlar yuzasidan bilimlarini kengaytiradi. Mustaqil ijodiy ishlashga o‘rganadi, nutqi rivojlanadi. Qisqa vaqt ishida mavzuga oid ko‘p ma'lumotga ega bo‘ladi.
Ushbu mavzuni o‘rganishda o‘qituvchi multimedia vositalari orqali audiomatn eshittirib, shu asosda saylanma diktant o‘tkazadi.