Ingliz tili fanidan o‘qituvchining daftar tekshirgani uchun qay tartibda pul to‘lanadi?
Savol bering, javob beramiz
8 / 01 / 2019
Ingliz tili fanidan o‘qituvchining daftar tekshirgani uchun qay tartibda pul to‘lanadi?
Umumta’lim muassasalari rahbar va pedagog xodimlari mehnatiga haq to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabridagi “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 275-sonli qarori asosida tartibga solingan.
Ushbu qarorning 4-bandiga ko‘ra umumta’lim muassasalari o‘qituvchilariga daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun eng kam oylik ish haqiga nisbatan 50 foiz hamda sinfdagi (sinf-komplektdagi) o‘quvchilar soni 15 nafargacha bo‘lgan kam komplektli maktablarda esa 25 foiz qo‘shimcha to‘lovlar to‘lanishi belgilangan.
www.uzedu.uz