O‘quvchilar maktab formasini kiyish tartibiga rioya qilmasa...
Vazirlar Mahkamasi qarori va Xalq ta’limi vazirligining 208-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi nizomining 18-bandiga ko‘ra O‘quvchilarning maktab formasini kiyish tartibiga rioya qilmaslik ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzish deb baholanadi va bunday o‘quvchilarga quyidagi choralar qo‘llanishi mumkin:
— Ogohlantirish
— Kundalik daftariga qayd etish
— Tushuntirish ishlarini olib borish uchun ota-onasini xabardor qilish
— Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ta’lim muassasasidagi yig‘ilishlarda ota-onalar ishtirokida muhokama qilish
— Mazkur nizomga ko‘ra o‘quvchilarning ta’lim muassasasiga maktab formasida kelishlarini ta’minlash uchun ota-onalar mas’ul hisoblanadi.
— Ta’lim muassasasida o‘quvchilar tomonidan maktab formasini kiyish tartibiga rioya qilinishi ta’lim muassasasi rahbariyati, sinf rahbarlari, yoshlar yetakchisi va pedagog xodimlar tomonidan nazorat qilib borilishi belgilangan.