O‘qishdan chetlatilgan talaba o‘qishni qayta tiklashi mumkinmi?
Savol: O‘qishdan chetlatilgan talaba necha yil muddat ichida o‘qishni qayta tiklashi mumkin?
Javob: Bir oliy ta’lim muassasasi doirasida oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) bo‘yicha talabalar o‘qishini qayta tiklash — talabalar safidan chetlashtirilganligiga
5 yilgacha bo‘lgan muddatda shu oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i asosida;
5 yildan 10 yilgacha muddat o‘tganda oliy ta’lim muassasasi bo‘ysunadigan vazirlik (idora) qarori asosida;
10 yildan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa Idoralararo komissiya qarori bilan amalga oshiriladi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom.