Test topshiriqlari qanday darsliklar asosida tuziladi?
— Bu yil 11-sinfni tamomlayman. Oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish uchun test savollari akademik litsey va kollej darsliklari asosida tuziladimi yoki 10–11-sinf darsliklari asosida?
Dilshoda MANAYEVA, Sergeli tumanidagi 104-maktab o‘quvchisi
— Test topshiriqlari amaldagi tartibga binoan (Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-sonli qarorining 8-bandi) umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari o‘quv dasturlariga muvofiq tuziladi. Bo‘lajak abituriyentlar o‘zi o‘qiydigan yoki bitirgan ta’lim muassasasi uchun tavsiya etilgan darsliklarni o‘qishi lozim. Boshqa ta’lim turi yoki ta’lim muassasalari uchun tavsiya etilgan darsliklarni o‘qish talab etilmaydi. Test topshiriqlari tegishli ta’lim muassasalari uchun tavsiya etilgan o‘quv dasturlari asosida tuziladi. Abituriyentlar uchun test topshiriqlari kitobini shakllantirishda ular bitirgan ta’lim muassasasi turi va muassasada tavsiya etilgan darsliklar inobatga olinadi.
Orziqul BOBOYEV, Davlat test markazi axborot xizmati boshlig‘i