Avtokredit qachondan beriladi?
Savol: O‘qituvchilarga imtiyozli avtokreditlar qachondan beriladi?
Dilnoza BOQIYEVA, Yakkabog‘ tumanidagi 34-maktab o‘qituvchisi
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni ma’na-viy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 10-bandiga ko‘ra, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan taqdim etilgan ro‘yxat bo‘yicha xalq ta’limi tizimidagi pedagog xodimlarga iste’mol kreditlari, shu jumladan, avtotransport vositalari sotib olish uchun quyidagi shartlarda kreditlar beriladi.
— kreditni berish muddati — 1 yil imtiyozli davr bilan 5 yil muddatga;
— dastlabki badal summasi — sotib olinayotgan avtotransport vositasi qiymatining 25 foizi;
— kredit uchun foiz stavkasi — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda.
Qarorga ko‘ra, Xalq ta’limi tizimidagi xodimlar uchun ipoteka krediti, avtotransport vositasi sotib olish va boshqa maqsadlar uchun iste’mol kreditlari berishni moliyalashtirish bo‘yicha Xalq ta’limi vazirligi huzurida maxsus jamg‘arma tashkil etiladi.
Hozirgi kunda mazkur jamg‘armani tashkil etish va kreditlar ajratish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilib, tegishli vazirlik hamda idoralar bilan kelishilmoqda.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng tegishli ma’lumotlar Xalq ta’limi vazirligi rasmiy sayti hamda OAVda e’lon qilinadi.
Savolga Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati yordamida vazirlik mutaxassislaridan javob olindi.
"Ma’rifat” gazetasi tahririyati RUXSATISIZ sayt materiallarini tarqatish taqiqlanadi.