59 yoshda nafaqaga chiqa olamanmi?
Savol: 1982—1987-yillari Toshkent davlat chet tillar pedagogika institutida o‘qiganman. 1987-yildan buyon maktabda ishlayman. Qonunchilikdagi yangi o‘zgarishlarga ko‘ra, 59 yoshda nafaqaga chiqa olamanmi?
Komil RO‘ZMETOV, Qo‘shko‘pir tumanidagi 27-maktab o‘qituvchisi
Javob: O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda tasdiqlangan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunining 7-moddasiga binoan yoshga doir pensiya olish huquqiga:
erkaklar — 60 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;
ayollar — 55 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda ega bo‘ladilar.
Qonunning 121-moddasiga asosan kamida yigirma yillik ish staji bo‘lgan ayollar 2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — faoliyat turi, mulk va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, xodim davlat tomonidan ijtimoiy sug‘urtalangan holda bajargan har qanday ish, agar u O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lagan bo‘lsa, 54 yoshga to‘lganda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladi.
Savolga Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati yordamida vazirlik mutaxassislaridan javob olindi.
"Ma’rifat” gazetasi tahririyati RUXSATISIZ sayt materiallarini tarqatish taqiqlanadi.