Odam organizmi uchun eng kam zarur bo‘ladigan mikroelement qaysi?
Savol bering, javob beramiz
3 / 05 / 2019
Kobalt. Inson tana massasining 96 foizi uglerod, kislorod, vodorod va azotdan iborat. Yana 3,5 foizini 7 ta mikroelement — kalsiy, fosfor, kaliy, oltingugurt, natriy, xlor va magniy tashkil etadi. Biroq shunday mikroelement borki, organizmga uning zarurati nihoyatda kam. Shulardan biri kobalt bo‘lib, Yer qobig‘ida uning massa ulushi 0,004 foizdan oshmaydi. Inson organizmi uchun bir sutkada 10 mikrogramm kobalt yetarli.