Oliy toifadan birinchi toifaga tushirildim. Attestatsiyada qayta ishtirok etsam bo‘ladimi?
Savol: O‘tgan o‘quv yilida bo‘lib o‘tgan attestatsiya natijasiga ko‘ra, oliy malaka toifasidan birinchi toifaga tushirildim. Bundan norozi bo‘lib, apellatsiya tartibida murojaat qildim. Ammo mutasaddilar buni inobatga olmadi. Navbatdagi sinovda qayta ishtirok etsam bo‘ladimi?
Lola SULAYMONOVA, Vobkent tumanidagi 21-maktab o‘qituvchisi
Javob: Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-apreldagi “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 107-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomning 5-bandida attestatsiya maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagog kadrlari uchun har besh yilda bir marta o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan. Shu munosabat bilan navbatdagi attestatsiyada muddatingiz kelgan paytda ishtirok etishingiz mumkinligini ma’lum qilamiz.
Savolga Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati yordamida vazirlik mutaxassislaridan javob olindi.
"Ma’rifat” gazetasi tahririyati RUXSATISIZ sayt materiallarini tarqatish taqiqlanadi.