Tungi navbatchilik uchun qanday haq tayinlanadi?
Savol: O‘qituvchilarni tungi navbatchilikka tayinlash qanchalik to‘g‘ri? Ularga qanday haq tayinlanadi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 122-moddasiga ko‘ra, soat 22:00 dan to soat 6:00 gacha bo‘lgan vaqt tungi vaqt deb hisoblanadi.
Mazkur Kodeksning 158-moddasiga asosan tungi vaqtdagi ishning har bir soati uchun kamida bir yarim baravar miqdorda haq to‘lanadi.
Tungi vaqtdagi ish uchun oshirilgan miqdorda to‘langan haq tarif stavkalariga (mansab maoshlariga) qo‘shilmaydi.
To‘lanadigan haqning aniq miqdori jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilanadi. Shu munosabat bilan tashkilotingiz jamoa shartnomasida mazkur masalada javob topish mumkinligini ma’lum qilamiz.
Savolga O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi bosh yuriskonsulti Dilbar MUHAMMEDOVA javob berdi.
"Ma’rifat” gazetasi tahririyati RUXSATISIZ sayt materiallarini tarqatish taqiqlanadi.