Baxshilikka qayerda o‘qitiladi?
Savol: O‘g‘lim bo‘sh qoldi deguncha terma, doston eshitadi, qo‘liga do‘mbirasini olib ting‘irlatgani ting‘irlatgan. Otasi bilan maslahatlashib, farzandimizni baxshichilik maktabiga beradigan bo‘ldik. Ayting-chi, bu maktabga qabul qilinuvchilarga qanday talablar bor?
Guljahon IBROHIMOVA, Urgut tumani
Javob: Respublikamizdagi bolalar musiqa va san’at maktabida baxshichilik yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, bolalarni 1-sinfga qabul qilish 7–11 yoshgacha, o‘qish muddati 5 yil etib belgilangan. Bolalar musiqa va san’at maktabiga o‘qishga kirish uchun o‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar har yili 1-avgustdan 25-avgustgacha qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak: ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilgan ariza, o‘quvchining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi, o‘quvchiga belgilangan shaklda berilgan tibbiy ma’lumotnoma, 3x4 o‘lchamli 2 ta fotosurat.
Qabul sinovlari har yili 31-avgustgacha o‘quvchining ijodiy qobiliyatini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Samarqand viloyatida quyidagi ta’lim muassasalarida baxshichilikka o‘qish mumkin:
Qo‘shrabot tumani 5-BMSM;
Bulung‘ ur tumani 9-BMSM;
Nurobod tumani 18-BMSM;
Narpay tumani 27-BMSM;
Pastdarg‘om tumani 32-BMSM.
Respublikamizning boshqa hududlaridagi bolalar musiqa va san’at maktablarida ham baxshichilik yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish mumkin. M.MUHITDINOVA, Madaniyat vazirligining ta’lim muassasalari va tarmoqlarni metodik ta’minlash boshqarmasi bosh mutaxassisi
"Ma’rifat” gazetasi tahririyati RUXSATISIZ sayt materiallarini tarqatish taqiqlanadi.