Mehnat daftarchasi kerakmi?
Savol: Korxona yoki tashkilot oliy ta’lim muassasasida o‘qiydigan xodimi nomiga mehnat daftarchasini ochishi kerakmi?
Akmal TO‘YCHIBOYEV , Farg‘ona viloyati
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat, Ijtimoiy ta’minot vazirliklari hamda kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan va adliya vazirligida 1998-yil 29-yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Mehnat daftarchalarini yuritish to‘g‘risida yo‘riqnoma”ning 1.1-bandiga binoan, bu hujjat xodimning mehnat stajini tasdiqlaydi. Mehnat daftarchalari mulkchilik va xo‘jalik yuritish shaklidan qat’i nazar, korxona, muassasa va tashkilotda 5 kundan ortiq ishlagan, muayyan muddatga yollangan, davlat ijtimoiy sug‘urta qilinishi ko‘zlangan taqdirda shtatlar jadvalidan tashqari xodimlarga ham yuritiladi.
Savolga O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi apparatining yuridik bo‘limi mudiri Hamidulla PREMQULOV javob berdi.
"Ma’rifat” gazetasi tahririyati RUXSATISIZ sayt materiallarini tarqatish taqiqlanadi.