Pedagogik staj yoziladimi?
Savol bering, javob beramiz
14 / 05 / 2019
Savol: Maktabda 1 stavka xo‘jalik mudiri bo‘lib ishlashdan tashqari, 7,5 soat texnologiya fanidan dars beraman. Menga pedagogik staj yoziladimi?
Dildora MIRSAIDOVA, Shayxontohur tumanidagi 186-maktab o‘qituvchisi
Javob: Mehnat daftarchangizga o‘qituvchilik faoliyatingiz haqida buyruqdan ko‘chirma kiritilgan bo‘lsa, pedagogik ish staji hisoblanadi.
Savolga Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati yordamida vazirlik mutaxassislaridan javob olindi.
"Ma’rifat” gazetasi tahririyati RUXSATISIZ sayt materiallarini tarqatish taqiqlanadi.