Ariza yozmay turib, boshqa tashkilotga ishga o‘tish mumkinmi?
Savol: Korxonamiz xodimi ishdan bo‘shash to‘g‘risida ariza yozmay turib, boshqa tashkilotga ishga o‘tib ketdi. Mehnat qonunchiligini buzmaslik uchun mazkur vaziyatda qanday yo‘l tutish maqsadga muvofiq?
Javob: Mehnat kodeksining 80-moddasida ishga qabul qilish vaqtida talab etiladigan hujjatlar ko‘rsatilgan. Savol bilan murojaat qilayotgan korxona xodimi noqonuniy ravishda ishdan bo‘shab ketgan kadrning mehnat daftarchasi haqida so‘z yuritmagan. Bu xodim bilan qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat shartnomasini bekor qilish mumkin.
Savolga O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi apparatining yuridik bo‘limi mudiri Hamidulla PREMQULOV javob berdi.
"Ma’rifat” gazetasi tahririyati RUXSATISIZ sayt materiallarini tarqatish taqiqlanadi.