Mental arifmetika qayerda o‘rgatiladi?
Savol bering, javob beramiz
20 / 05 / 2019
Salom: Eshitishimizcha, Toshkent shahridagi ko‘pgina o‘quv markazlarida mental arifmetika o‘rgatilar ekan. Uni maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida ham joriy qilish mumkinmi?
Rayhon SOBIROVA, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Javob: Xalq ta’limi vazirining 2018-yil 28-fevraldagi 58-sonli buyrug‘iga asosan “Barkamol avlod” bolalar markazlari uchun to‘garaklar ro‘yxati tasdiqlangan. Mazkur ro‘yxatda texnik ijodkorlik yo‘nalishida mental arifmetika to‘garagi ro‘yxatga kiritilgan.
Murodjon QORABOYeV, Xalq ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i