Universitet kabinet mudiriga dars soati berilmaydi(mi?)
Savol: Universitetda kabinet mudiri lavozimida ishlayman. Boshqa pedagoglar qatori men ham dars soatlari olmoqchi edim, lekin kafedra mudiri menga dars soati berolmasligini aytdi. Shu to‘g‘rimi?
Javob: Mehnat shartnomasiga ko‘ra, siz kabinet mudiri lavozimiga ishga qabul qilingansiz. Dars soatlari berilmayotganidan norozi bo‘lgansiz. Asosiy ishingiz kabinet mudiri lavozimi bo‘lgani uchun dars soatlari berishga kafedra majbur emas. Mutaxassisligingizga qarab sizga ichki o‘rindoshlik asosida dars soatlari berilishi mumkin. Qachonki to‘liq stavkada ishlaydigan pedagoglarga ehtiyoj sezilsa.
Bundan tashqari, bu yerda asosiy ish beruvchi universitet rektori hisoblanadi. Kafedra mudiri esa ish beruvchining vakili sifatida dars taqsimotida ishtirok etadi.
Savolga O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi bosh yuriskonsulti Dilbar MUHAMMeDOVA javob berdi.