“Zamonaviy maktab” qanday quriladi?
Savol: Olis hududlarda, hatto viloyat markazida joylashgan maktablar hojatxonasining hammasi ham qoniqarli ahvolda emas. Men olis joylardagi o‘quv maskanlarida bu boradagi sharoit achinarli darajada ekaniga bir necha bor guvoh bo‘lganman. “Zamonaviy maktab” dasturi asosida quriladigan muassasalarda bunga qay darajada ahamiyat beriladi?
N.MO‘MINBOYEVA, Toshkent shahri
Javob: “Zamonaviy maktab” dasturi asosida yangi tipda quriladigan muassasalar loyihasi yuzasidan Qurilish vazirligi bilan hamkorlikda chet el tajribasi o‘rganilib, xorijlik mutaxassislar fikri o‘rganildi. Yangi loyiha asosida quriladigan maktabda o‘quvchilarga qulaylik yaratish uchun oshxona, hojatxonani o‘quv binosining ichida joylashtirish, uning suv, kanalizatsiya, ventilyatsiya tizimini takomillashtirish, qo‘shimcha qo‘l yuvish uskunalarini o‘rnatish orqali zamon talablariga mos, ekologik va sanitariya-gigiyena mezonlariga to‘la javob berishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Savolga Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Ibrohim JO‘RAYEV javob berdi.
"Ma’rifat” gazetasi tahririyati RUXSATISIZ sayt materiallarini tarqatish taqiqlanadi.