Maktabda nosozlik kuzatilsa...
Savol: Umumta’lim maktabi qurilib, foydalanishga topshirilgach, elektr tizimida nosozliklar kuzatilsa, turli jihozlarni ta’mirlash-tiklash ishlariga ehtiyoj sezilsa, direktor buning uchun mutaxassis, xomashyo va xizmat haqi uchun mablag‘ni qayerdan olishi mumkin?
Javob: 2018-yili barcha tuman(shahar) xalq ta’limi bo‘limlarida Maxsus ta’mirlash-ekspluatatsiya xizmati tashkil etilib, “Damas” rusumli avtomashina va kerakli asbob-anjomlar bilan ta’minlangan. Ushbu xizmat tarkibida texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar (xususan, dispetcher, elektromontyor, chilangar-santexnik, payvandchi va ta’minotchi shtatlari) faoliyat yuritmoqda (shu hisobdan mazkur ishlar uchun xizmat haqi to‘lanmaydi). Ta’lim muassasalari yuzaga kelgan favqulodda texnik nosozlik bo‘yicha ushbu xizmatga murojaat etishi mumkin. Shuningdek, markazdan olis hududdagi maktablarda duradgor, santexnik, chilangar singari ishchi shtatlari saqlab qolingan. Tuman(shahar) xalq ta’limi bo‘limlari yillik xarajatlar smetasini tuzishda 4-guruh xarajatlariga bunday xizmatlarda talab qilinadigan xomashyo va materiallar uchun albatta mablag‘ ajratiladi.
Savolga XTV qurilish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Eldor TOJIBOYEV javob berdi.
"Ma’rifat” gazetasi tahririyati RUXSATISIZ sayt materiallarini tarqatish taqiqlanadi.