Kanserogen qanday modda?
Savol: Aytishlaricha, biz uyda foydalanadigan DSPdan ishlangan mebellar tarkibida kanserogen modda — formaldegid bo‘larkan. Ayting-chi, u qanday modda va uning inson salomatligiga ta’siri qanday?
Javob: Formaldegid — kanserogen parlanuvchi modda bo‘lib, uning atmosfera havosidagi miqdori ruxsat etilgan me’yordan yuqori bo‘lgan taqdirda teriga salbiy ta’sir etishi va allergik kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuningdek, ishlab chiqarish korxonalari ish o‘rinlarida formaldegid moddasi miqdori ruxsat etilgan me’yordan ko‘p bo‘lsa, yuqori nafas yo‘llari shilliq qavati va ko‘zning yallig‘lanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois, formaldegid moddasining aholi yashash va ishlab chiqarish joylarida sog‘liqqa salbiy ta’sir etmaydigan miqdorda bo‘lishini nazorat qilish Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmatiga yuklatilgan.