O‘rindoshlik asosida ishlagan o‘qituvchilarga ta’til beriladimi?
Savol bering, javob beramiz
2 / 08 / 2019
— O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 133-moddasiga asosan, barcha xodimlarga, shu jumladan, o‘rindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga ham dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha ish haqi saqlangan holda yillik mehnat ta’tillari beriladi.
Bundan tashqari, kodeksning 143-moddasiga asosan, ta’til o‘rindoshlik asosida ishlayotganlarga asosiy ish joyidagi ta’til bilan bir vaqtda, o‘rindoshlik asosida ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda haq to‘lagan holda ularning xohishi bo‘yicha olti oy o‘tmasdan oldin beriladi.
Savolga Xalq ta’limi vazirligi xodimi Buxorboy AKRAMOV javob berdi.