Pensioner muallim toifasi
2014-yilda attestatsiyadan o‘tganman. Bu yil 5 yillik sertifikat muddati tugadi, deb toifamni tushirishmoqchi. Pensiya yoshidagi o‘qituvchilarning toifasi oxirgi attestatsiya natijalariga ko‘ra saqlab qolinmaydimi?
Ahmad IBRAGIMOV, Nurobod tumani
Nafaqaga chiqqan o‘qituvchi muayyan vaqtdan keyin ishga qaytganda unga berilgan malaka toifasini tasdiqlovchi sertifikatning amal qilish muddati tugamagan bo‘lsa, uning ishdan ketgan vaqtidagi malaka toifasi saqlanadi. Aksincha, nafaqadagi o‘qituvchining malaka toifasi sertifikati muddati tugagan bo‘lsa, u avvalgi toifasini tasdiqlashga yoki undan yuqori toifaga da’vogarlik qilish huquqiga ega. Nafaqa yoshidagi o‘qituvchining malaka toifasi bir umr saqlanishi ko‘zda tutilmagan. Nizomga muvofiq, sertifikatining amal qilish muddati tugagan pedagog kadrlarga mutaxassis, oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli o‘qituvchi lavozimi bo‘yicha haq to‘lanadi.
Javoblar Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi.