2014-yil fevral oyida tug‘ilgan farzandimni hududimizdagi maktabga qabul qilishmayapti?
2014-yil fevral oyida tug‘ilgan farzandimni hududimizdagi maktabga qabul qilishmayapti, shunga qanday yo‘l tutsam bo‘ladi? (I.L. Andijon viloyati, Qo‘rg‘ontepa tumani)
Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, maktabning I sinfiga 6-7 yoshli bolalar tibbiy xulosaga muvofiq qabul qilinadi.
Farzandingiz joriy yilning 31-avgust kuniga qadar 6,5 yoshga to‘lishini inobatga olsak, tegishli hujjatlarni maktab ma’muriyatiga taqdim etish huquqiga egasiz.
Hududiy xalq ta’limi boshqaruv organlari maktab yoshidagi bolalarni umumiy o‘rta ta’limga to‘liq qamrab olish va uning natijasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishi shart.
Shu bois, ushbu masala yuzasidan tuman Xalq ta’limi bo‘limiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bolalar umumta’lim muassasasining 1-sinfiga tayyorgarlik darajasidan qat’i nazar, tanlovsiz qabul qilinadi (musiqa va san’atga ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari bundan mustasno).
Manba: Huquqiy axborot kanali