Oliy malaka toifam saqalanib qoladimi?
Savol: Hozir umumta’lim maktabida ishlayman. Oliy malaka toifasiga egaman, agar keyingi o‘quv yilidan akademik litsey yoki yangidan tashkil etilayotgan professional ta’lim muassasasiga ishga o‘tsam, oliy malaka toifam saqalanib qoladimi?
Javob: Albatta saqlanib qoladi. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 392-son qaror bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM”ning 18-bandida: Ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining malaka toifalari yoki lavozimlari ushbu ta’lim muassasalarining bir turidan boshqasiga ishga o‘tganda saqlanishi, bunda maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tizimlari pedagog kadrlarining ikkinchi malaka toifasi o‘rta maxsus va professional ta’lim tizimlarining katta o‘qituvchi lavozimiga, birinchi malaka toifasi — yetakchi o‘qituvchi lavozimiga, oliy malaka toifasi — bosh o‘qituvchi lavozimiga tenglashtirilishi belgilab qo‘yilgan.
Safarali HAMROYEV, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i