TA’LIM INSPEKSIYASI XODIMIGA PORA TAKLIF QILGAN FIRIBGAR JINOIY JAVOBGARLIKKA TORTILGAN

Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 243-maktabda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligini 30 yilligi oldidan hamda “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun!” aksiyasi doirasida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi tashabbusi bilan tashkil qilingan tadbirda Ta’lim inspeksiyasi, tuman xalq ta’limi bo‘limi hamda maktab direktorlari va ularning o‘rinbosarlari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining sudyasi Sarvar Mamadiyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yillik bayrami bilan tabriklab, chin qalbdan samimiy muborakbod etdi.
Shuningdek, tadbirda bosh qomusimizning davlat boshqaruv jarayonlarida tutgan o‘rni, tarixi hamda rivojlangan mamlakatlar konstitutsiyalari to‘g‘risidagi qiziqarli ma’lumotlarga to‘xtalib o‘tildi.
Xususan, tadbirda so‘zga chiqqan Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining rais o‘rinbosari Akmal Mirzaxanov pedagog kadrlar attestatsiya jarayoni bilan bog‘liq bir holatga to‘xtalib o‘tdi.
– Joriy yilda o‘qituvchilar ham ishtirok etgan bir ishni ko‘rib chiqdik. Ta’lim inspeksiyasi ishlar boshqaruvchisi lavozimida ishlagan Nodirbek Ismoilovga avval firibgarlik jinoyati bilan sudlangan fuqaro attestatsiyadan o‘ta olmagan bir necha nafar o‘qituvchilarning o‘tkazib berish uchun pora taklif qilgan.
Shundan so‘ng Ta’lim inspeksiyasi xodimi huquqni muhofaza qiluvchilar organlarga xabar bergan va u qo‘lga olinib jinoyati uchun tegishli tartibda hozir qamoqda jazosini o‘tamoqda. O‘z navbatida bu ishga aloqador o‘qituvchilarga ham chora ko‘rildi.
Bu ma’lumotlarni bugun aytib o‘tishimdan maqsad, o‘qituvchilarga o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borishimiz, o‘zlari bilmagan holda turli firibgarlarga ishonib, ularning kelgusida sudlanib, jazolashing oldini olishimiz lozim, – dedi sudya.
Shu bilan birgalikda, tadbirda maktablarda kuzatilayotgan qonun buzish holatlari, yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilik holatlari ko‘payishiga sabablar maktablar rahbari ishtirokida muhokama qilindi hamda bu holatlarni kamaytirish bo‘yicha bir qator taklif bildirildi.
Ta’kidlash lozim, Ta’lim inspeksiyasi tomonidan korrupsiya bilan bog‘liq holatlarning oldini olish hamda soha xodimlariga ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida pedagoglar attestatsiyasini o‘tkazish jarayonlari muntazam ravishda takomillashtirib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar !
Ta’lim inspeksiyasi faoliyatining faoliyatiga oid jarayonlarda yordam berish evaziga bo‘yicha kimdir sizdan pul yoki boshqa moddiy rag‘bat talab qilsa, yoki biron noxolis yondashuvga guvoh bo‘lsangiz inspeksiyaning @antikorr_tdibot murojaatlar boti yoki rasmiy saytimizdagi “Stop corruption” bo‘limiga hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qiling. telegram botiga (@uztdibot) hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qiling.