XAVFSIZLIK QOIDALARIGA AMAL QILING!
Elektr qurilmadan foydalanishda ishlayotganning xavfsizligini ta’minlamaydigan, hatto eng mukammal ijro sharoitlari vujudga keladi va maxsus himoya ositalaridan foydalanishni talab qiladi. Masalan, kommunikatsiya apparatlari bilan jarayonlarda – uchiruvchi, aloqani uzuvchi apparatlar bilan ishlayotganda apparatlar simlarida kuchlanish paydo bo’lish ehtimoli bor, shuning uchun simdan insonni izolyatsiya qiluvchi himoya vositasi (dielektrik qo’lqoplar) yoki yerdan izolyatsiya qiluvchi(izolyatsion poyafzal, qo’shimcha taxtacha va hokazo) vositalardan foydalanish zarur.
Elektr qurilmada ta’mirlash uchun ish joyini xozirlashda ish olib boriladigan tok o’tuvchi qismlar xatoga yo’l qo’yilib, kuchlanish ostida qoldirilgan bo’lishi mumkin, shu bois tegishli kochma asboblar (kuchlanish ko’rsatkichlari) bilan ularda kuchlanish bor-yo‘qligini avvaldan tekshirish zarur. Elektr qurilmada ishda ishlayotganlarning mo’ljalni yo‘qotish xavfi bor, shuning uchun ish qilinadigan joylar va qurilmaning kushni uchastkalari, qolaversa, yaqinlashish yoki tegib ketish xavfi bo’lgan joylarni(ogohlantirish plakatlari) maxsus belgilar bilan avvaldan belgilab qo‘yish zarur.
Shovkat UMAROV,
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi binosini YXTTEB mutaxassasi, katta serjant
Abdulaziz TAJIBAEV,
Toshkent shahar FVB Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatiga qarashli binolarda YXTTEB mutaxassisi, katta serjant.