1000 DOLLAR MAOSH OLAMAN
Xalq ta'limi vaziri jamg‘armasi hisobidan har oylik ustamaga da’vogar pedagoglarning saralash imtihonlari natijalariga ko‘ra, Toyloq tumanidagi 57-umumta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi Akmal Mansurov 100 foizlik natijani qayd etdi.
Akmal Mansurov 2011-yilda Samarqand Davlat universitetining matematika fakultetini, 2013-yil shu universitetning magistraturasini tamomlagan.
U 2022-yil davlatimiz rahbari tomonidan “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.
Pedagogning 500 ga yaqin o‘quvchilari oliygohlariga yuqori ball bilan o‘qishga qabul qilingan. O‘qituvchining ta'kidlashicha, u 2019-yilda qo‘lga kiritgan “Milliy sertifikat” tufayli oylik maoshiga 20 foiz ustama olib kelgan.
— O‘zimga ishonardim. Vazir jamg‘armasi uchun tashkil etilgan imtihonlarni shaffof tashkil etganligini uchun tashkilotchilarga tashakkur! Bugun mamlakatimizda bilimga, aqliy mehnat bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarimizni qo‘llab-quvvatlanayotganligidan xursandman. Kelajakda o‘z ustimda ishlab, ta’lim sifatini oshirishga va’da beraman. Vazir jamg‘armasining ikkinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tsam 1000 dollar maosh olaman ”, — deydi u.
Fursatdan foydalanib, Akmal Mansurovni qayd etgan yuqori natijasi bilan muborakbod etamiz.