2022/2023 o‘quv yilidan 400 nafargacha o‘quvchisi bo‘lgan maktablarda Internet tezligi kamida 40 Mbit/s, o‘quvchilar soni 400 nafardan ko‘p bo‘lsa— kamida 100 Mbit/s etib ta’minlanadi
2022/2023 o‘quv yilidan 400 nafargacha o‘quvchisi bo‘lgan maktablarda Internet tezligi kamida 40 Mbit/s, o‘quvchilar soni 400 nafardan ko‘p bo‘lsa— kamida 100 Mbit/s etib ta’minlanadi
Xalq ta’limi vazirligi 2022-yil 1-avgustga qadar umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalarini qayta ko‘rib chiqadi. Bu Prezidentning 11-maydagi “Xalq ta’limini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida qayd etilgan.
Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini tasdiqlash vazifasi yuklatildi.
Qolaversa, Xalq ta’limi vazirligi Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda 2022-yil 1-sentabrga qadar 2023−2024-yillarda maktablarda ma’nan eskirgan kompyuter sinflarini yangilash bo‘yicha dasturni Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi.
Moliya vazirligiga 2023−2024-yillarda maktablarda ma’nan eskirgan kompyuter sinflarini yangilash bo‘yicha dasturni moliyalashtirish uchun respublika budjeti hisobidan 200 mlrd so‘m, mahalliy byudjetlar hisobidan 200 mlrd so‘m miqdorda mablag‘lar ajratish vazifasi yuklatildi.
2022/2023 o‘quv yilidan 400 nafargacha o‘quvchisi bo‘lgan maktablarda Internet tezligi kamida 40 Mbit/s, o‘quvchilar soni 400 nafardan ko‘p bo‘lsa — kamida 100 Mbit/s etib ta’minlanadi. Buni amalga oshirishga AKT va Xalq ta’limi vazirliklari javobgar bo‘ladi, hokimliklar esa maktablarni yuqori tezlikdagi internetga ulash uchun zarur mablag‘larni ajratadi.
XTV 2023-yildan boshlab har yili 1-avgustga qadar ITSV va Moliya vazirligiga maktablarda ma’nan eskirgan kompyuter texnikasi to‘g‘risida ma’lumotlarni taqdim etib boradi. ITSV va Moliya vazirligi shunga ko‘ra 2024-yildan maktablarni zamonaviy kompyuterlar bilan ta’minlash bo‘yicha moliyalashtirish manbalarini aniqlaydi.