“9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”
Korrupsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilik bilan ishlashning roli
“9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Aksilkorrupsiya haftaligi” doirasida oʻtkazilayotgan tadbirlar doirasida OAV vakillari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari uchun “Korrupsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilik bilan ishlashning roli” mavzusida trening shaklida tashkil etildi.
Ushbu tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentlik direktori o‘rinbosari Umida Tuxtasheva, O‘zbekiston jurnalistlari uyushmasi raisi Olimjon O‘sarov, BMT TD korrupsiyaga qarshi kurashish va boshqaruv masalalari bo‘yicha O‘zbekistondagi maslahatchisi Xachik Xarutyunyan hamda xalqaro treninglar ishtirok etishdi.
Tadbirdan koʻzlangan maqsad Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonlariga barcha qatlam vakillarini jalb etish, NNT vakillarini korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonlaridagi islohotlardan xabardor qilish va ushbu yoʻnalishdagi bilimlarni mustahkamlash, shuningdek, Agentlik bilan hamkorlik aloqalarini muhokama qilish iborat.
Treningda BMT TD, BMT GJB tashkilotlari hamda Gruziya, Latviya mamlakatlaridan xalqaro ekspertlar maʼruza bilan ishtirok etdi.
Trening davomida NNT uchun korrupsiyaga qarshi kurashishda yangi usul va vositalar, ushbu jarayonlarda xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish, OAV orqali korrupsiyaning oldini olish va halollikni shakllantirish mexanizmlari kabi mavzular yuzasidan maʼruzalar tinglandi.
Shuningdek, tadbirda Agentlik va “Yuksalish” umummiliy harakati tomonidan ishlab chiqilgan va amalga oshirilgan “Antikorrupsiya laboratoriyalari” loyihasi doirasida bajarilgan ishlar taqdimoti boʻlib oʻtdi. Mazkur loyihaning dastlabki bosqichi “Boshlangʻich maktabga qabul qilishda korrupsiya xavfi va halollikni baholash” mavzusida tashkil etildi.
Trening davomida ishtirokchilar amaliy mashgʻulotlarda ham ishtirok etishdi. Yakunda ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonida fuqarolik jamiyati vakillarining ishtirokini yanada kengaytirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berishdi.