Oʻzbekning Zulfiyasiman
Yangiliklar
4 / 03 / 2022
Baxt va vafo kuychisi deb taʼrif berilgan shoiramiz Zulfiyaxonim tavalludining 107 yilligi bo‘gchamizda keng nishonlandi. “Baxtim shul oʻzbekning Zulfiyasiman” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda tumanimizdagi ko‘zga ko‘ringan ziyoli kishilar tashrif buyurdi. Tadbir doirasida bolajonlar tomonidan Zulfiyaxonim ijodi haqida qisqacha maʼlumotlar, sheʼrlaridan namunalar aytishdi, qiziqarli sahna koʻrinishlar va raqslar namoyish etildi.
Ra'no Ashurova,
Qashqadaryo viloyat Kasbi tumani 1-son DMTT tarbiyachisi