AKADEMIYA KURSANTLARI O‘RTASIDA VIKTORINA O‘TKAZILDI!
O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 29-oktyabrdagi “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni, 2019-yil 29-oktyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6097-sonli Farmonini ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 24-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasining “Ma’naviyat va ma’rifat” markazida Akademiya kursantlari o‘rtasida “Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish hamda soha muammolarini yechishda umumkasbiy, tabiiy-ilmiy fanlar va innovatsion texnologiyalarning o‘rni” mavzusida viktorina o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, FVV Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti, FVV Akademiyasi professor-o‘qituvchilari, harbiy xizmatchilar, kursantlar hamda Ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Anjumandan ko‘zlangan asosiy maqsad – respublikamizda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish, yong‘in xavfsizligini ta’minlashdagi mavjud muammolar va yong‘inga qarshi muhofazani takomillashtirish, favqulodda vaziyatlar profilaktikasi samaradorligini oshirish, sohaga yangi innovatsion texnologiyalarni qo‘llash amaliyotini yanada kuchaytirish, ilg‘or xorijiy tajriba hamda texnologiyalar asosida sohani jadal innovatsion rivojlantirish, yoshlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga keng jalb etishdan iboratdir.
Tadbirni Akademiya boshlig‘i, general-polkovnik Berdiev Qobul Raimovich kirish so‘zi bilan ochib, oliy ta’lim muassasalarida innovatsion va texnologik g‘oyalarni har tomonlama rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, yosh olimlarning innovatsion texnologiyalarni yaratish borasidagi tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan zarur choralar ko‘rilayotganligini, mamlakatimizda hayotiy faoliyat xavfsizligini ta’minlash masalasi kompleks xarakterga ega bo‘lib, uni yuqori darajada mustahkamlash, tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bir qatorda, jamiyatimizning har bir a’zosidan innovatsion yondashuvni, ilmiy ishlanmalar va zamonaviy texnologiyalar yaratishni taqozo etayotganligini, davlatimiz rahbarining “Xalqimiz dunyoqarashida innovatsiya muhitini yaratish eng muhim vazifamizdir. Innovatsiya bo‘lmas ekan, hyech bir sohada raqobat, rivojlanish bo‘lmaydi. Bu sohadagi o‘zgarishlarni xalqimizga keng targ‘ib qilmasak, odamlarda ko‘nikma paydo qilmasak, bugungi davr shiddati, fan-texnikaning mislsiz yutuqlari bilan hamqadam bo‘lolmaymiz” degan g‘oyat muhim iboralarini e'tirof etildi.
Qiziqarli va bahs munozaralarga boy bo‘lgan bilimlar bellashuvini taniqli so‘z ustasi boshlovchi Axrorbek Qo‘shmatov mohirona olib borilgani ham viktorina ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Akademiyaning 2-, 3-, 4-bosqich kursantlaridan tarkib topgan 3 ta jamoalar soha muammolarini yechimiga qaratilgan 3 ta shartlar asosida bellashishdi. 2-bosqich kursantlaridan tarkib topgan “Innovatsiya” jamoasi, 3-bosqich kursantlaridan tarkib topgan “Texnologlar” jamoasi, 4-bosqich kursantlaridan tarkib topgan “Intellekt” jamoalari do‘stona bilimlar bellashuvida o‘z bilim va intellektual salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar. Viktorinaning birinchi sharti: “Tanishish” sharti bo‘lib, bunda jamoalar o‘z innovatsion g‘oyalari orqali qiziqarli chiqishlar namoyish etishdi. I kkinchi shart: “Muammoli masalalar yechish” shartida kursantlarni tabiiy-ilmiy va umumkasbiy fanlardan olgan bilimlarini soha muammolarini yechimiga bog‘liq bo‘lgan muammoli masalalarni yechimini topdilar va izohlab beridilar. Nihoyat uchinchi shart: “Amaliy masalalar yechish” shartida kursantlar o‘zlarining intellektual salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar. Hakamlar hay'ati tomonidan jamoalarni har bir shart bo‘yicha chiqishlarini 5 ballik tizimda baholab borildi va bellashuv so‘ngida hakamlar hay'ati raisi g‘olib va faol qatnashgan kursantlarni e'lon qildi.
Do‘stona ruhda qiziqarli o‘tgan viktorina natijalariga ko‘ra, birinchi o‘rinni “Intellekt” jamoasi egallagan bo‘lsa, ikkinchi o‘rin “Texnologlar” jamoasiga nasib etdi. Uchinchi o‘rinni esa “Innovatsiya” jamoasi egalladi.
Tadbir yakunida Akademiya rahbariyati tomonidan viktorina g‘oliblariga, eng faol ishtirokchilarga hamda taklif etilgan mehmonlarga diplom, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari tantanali topshirildi.
— Yangi O‘zbekistonda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratib berish borasida mustahkam huquqiy baza yaratilgan va bu tizim zamon talablariga hamohang ravishda takomillashtirib borilmoqda
deydi — mayor Sohibjon Sultonov — Akademiyada o‘tkazilayotgan mana shunday qiziqarli viktorina o‘yinlari zamirida ham, yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sohadagi mavjud muammolar va ularning yechimlariga qaratilgan tabiiy-ilmiy masalalarga qiziqtirish va ularning bilim va amaliy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash yotadi.
Farhodjon XOJAYEV ,
O ‘ zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Akademiyasi katta o‘qituvchisi.