“Alisher Navoiy qoʻlyozmalari Qozon shahri toʻplamlarida” yubiley katalogining taqdimoti o‘tkazildi
Bugun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi bilan hamkorlikda “Alisher Navoiy abadiyati” adabiy kechasi oʻt di .
Adabiy kecha doirasida Oʻzbekiston va butun Oʻrta asr Sharq shoiri, faylasufi, davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 580-yilligiga bagʻishlab tayyorlangan shoirning Qozon toʻplamlaridagi (Moskva – Qozon, 2021-y.) 10 ta qoʻlyozmalari batafsil tavsifi va faksimilidan iborat “Alisher Navoiy qoʻlyozmalari Qozon shahri toʻplamlarida” yubiley katalogining taqdimoti boʻlib oʻtadi.
Dasturda Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining yetakchi navoiyshunos olimlari va taniqli jamoat arboblari, “Alisher Navoiy qoʻlyozmalari Qozon toʻplamlarida” yubiley katalogi (videoyozuvlar) mualliflari, “Alisher Navoiy ijodiy merosining insoniyat maʼnaviy-maʼrifiy taraqqiyotidagi oʻrni” (2021-yil noyabr oyida Navoiy shahrida boʻlib oʻtgan) nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi va Alisher Navoiy tavalludining yubiley sanasiga bagʻishlangan tantanali tadbirlar (joriy yilning dekabr oyida Sankt-Peterburg shahrida boʻlib oʻtgan) ishtirokchilari qatnashadi.
Tadbirda so‘z olganlar Alisher Navoiyning butun insoniyat ma’naviy olamiga qo‘shgan hissasi, “Alisher Navoiy qoʻlyozmalari Qozon toʻplamlarida” yubiley katalogining ahamiyati haqida so‘z yuritishdi.