“Atirgul” tanlovi g‘oliblari aniqlandi
“Atirgul” tanlovi g‘oliblari aniqlandi
Yurtimiz taraqqiyoti yo‘lidagi ezgu maqsadlarni ro‘yobga chiqarish, Yangi O‘zbekiston ruhiga mos yangicha tafakkur tarzini shakllantirish, umuminsoniy qadriyatlarni qaror toptirish, xalqimiz ma’naviyatini boyitishdek xayrli ishlarda jurnalist xotin-qizlarning munosib xizmati bor.
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Boshqaruvi qarori bilan mamlakatimizda jurnalist ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ijodiy salohiyatini namoyon qilishiga ko‘maklashish, erishgan yutuqlarini e’tirof etish va ularni rag‘batlantirish maqsadida 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida “Atirgul” tanlovining g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovga taqdim etiladigan materiallar – bosma va internet nashrlarida chop etilgan maqolalar, efirga uzatilgan teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarda mamlakatimiz hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqimizni rozi qilish, inson qadrini ulug‘lash, jamiyatimizdagi o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va bag‘rikenglik, sog‘lom turmush tarzi va harbiy vatanparvarlik kabi yo‘nalish va mavzularga qaratilgan bo‘lishi lozim edi.
Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkazildi:
1. “Insonga e’tibor mavzusi yoritilgan eng yaxshi material uchun”
2. “Sifatli ta’lim ahamiyatini ochib bergan eng yaxshi material uchun
3. “Ma’naviy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni keng yoritgani uchun”
4. “Oila mavzusi yoritilgan eng yaxshi material uchun”
5. “Ekologik muammolar yoritilgan eng yaxshi material uchun”
6. Harbiy-vatanparvarlik mavzusi eng yaxshi yoritilgan material uchun
7. “OAV bilan faol va tezkor ishlagani uchun”
8. “Sog‘lom turmush tarzi keng yoritgani uchun”
9. “Bolalar va o‘smirlar mavzusi yoritilgan eng yaxshi materiallar uchun”
10. “Jurnalistika rivojiga munosib hissa qo‘shgan ayol”
Tanlov g‘oliblari maxsus diplom, statuetka va pul mukofoti bilan taqdirlandi.