“Axborot xizmatlari faoliyati: ochiqlik, tezkorlik va xolislik bosh mezon”
Kuni kecha Toshkent shahridagi “International hotel Tashkent” mehmonxonasida “Axborot xizmatlari faoliyati: ochiqlik, tezkorlik va xolislik bosh mezon” mavzusida milliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda 180ga yaqin vazirlik va idoralar, davlat tashkilotlari hamda hokimliklar axborot xizmatlari ishtirok etdi. Shuningdek tadbirda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjayev hamda direktorning birinchi o‘rinbosari Dilshod Saidjonov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mita raisi Ilhom Abdullayev, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olim O‘sarov, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori Akbar Rizayevlar o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdi.
Konfernsiyadan ko‘zlangan maqsad Prezidentimizning 2019-yil 27-iyunda qabul qilingan “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar tog‘risida”gi qarori ijrosini sarhisob qilish, erishilgan yutuqlarni e’tirof etib, kamchiliklarni bartaraf etish masalalarini muhokama qilish hamda matbuot kotiblari o‘zaro tajriba almashishi uchun samarali muhit yaratishdir.
— Davlatimiz rahbarining ushbu qarori sohamizdagi barcha jarayonlarda bizga ko‘mak bo‘lmoqda, — deydi Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot kotibi Mavluda Asqarxo‘jayeva. Unda belgilab qo‘yilgan tartiblar, huquqlarizmiz bizni yanada rivojlanishga undaydi. Avvallari biz jurnalist va blogerlarni shunchaki faoliyatimizning tanqidchisi sifatida ko‘rgan bo‘lsak, endi vazifalarimiz, maqsadlarimiz mushtarak. Qarorda Axborot xizmatlarining asosiy vazifalaridan biri sifatida axborot makoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, tanqidiy va keng muhokama qilinayotgan axborot xurujlariga tezkor munosabat bildirib borish ham kiradi. Bu borada AOKA barcha vazirlik va idoralar, tegishli hokimliklar bilan o‘zaro yaqin hamkorlik olib borilmoqda. Qaror qabul qilingan davrda tanqidlarga munosabat bildirish darajasi 12 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 2019-yilning dekabr oyida bu ko‘rsatgich 83 foizgacha ko‘tarilgan. Joriy yilning aprel oyida esa 97 foizni tashkil qilayotgani juda quvonarli. Biz imkon qadar tanqidiy chiqishlarga munosabat bildiryapmiz, munosabatimiz ayrim sabablarga ko‘ra biroz kechiksa, bu haqda ham jurnalis va blogerlarni ogoh qilyapmiz.
Darhaqiqat, Prezidentimizning mazkur qarori qabul qilingach har bir davlat idorasi va hokimlikda qarorga asosan davlat axborot siyosatini yuritishga bevosita mas’ul bo‘lgan shaxslardan iborat armiya shakllandi. AOKA va uning hududiy boshqarmalari tomonidan jami 685 nafar matbuot kotibligiga nomzodlar suhbatdan o‘tkazilib, ularning xulosasi asosida tashkilot rahbarlarining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga taynlandi. Qaror qabul qilingunga qadar axborot xizmatlari sohasida jami 433 nafar mutaxassis faoliyat yuritgan bo‘lsa bugunga kelib ularning umumiy soni 1093 nafarga yetdi. Ushbu xujjat bilan ilk maraotaba tuman va shahar hokimliklari axborot xizmatlari tashkil etildi. Bu muamolarni joyida o‘rganish, tezkor munosabat bildirish imkonini bermoqda.
Kundalik axborot oqimida ommaviy axborot vositalari mahsulotlari tarkibida matbuot xizmatlarining ulushi sezilarli darajada ortgan. Matbuot xizmatlarining axborot tarqatish manbalari 2019-yilda 559 ta, 2020-yilda 1487 ta, 2021-yilning may oyi holatiga ko‘ra 2441tani tashkil qilgan. Bugungi kunda mahalliy tuman va shahar hokimliklaridan tashqari jami 160 ga yaqin davlat tashkilot va idoralari axborot xizmatlari rahbarlarining rasmiy telegram kanallari va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sahifalari mavjid.
Axborot xizmatlar faollashuviga Agentlik tomonidan ularning faoliyati baholab borilishi ham xizmat qilmoqda. Davlat organlari va tashkilotlari matbuot kotiblarining 2021-yil 1-chorakdagi faoliyati samaradorligi o‘rganilganda 18 nafar matbuot kotibining natijalari yuksak darajada deb topildi.
Konferensiya davomida matbuot kotiblari axborot makonidagi dolzarb vazifalar yuzasidan taklif, fikr va mulohazalarini bildirdi. Yakunda samarali mehnat qilayotgan, faol va tashabbuskor matbuot xodimlari taqdirlandi.