BARKAMOL AVLOD - YURT KELAJAGI
Nurafshon shahridagi 4-IDUMda "Barkamol avlod-yurt kelajagi"nomli festival bo'lib o'tdi. Festivalga Nurafshon shahar hokimi M.Saliyev, Nurafshon shahar prokurori Mirzayev Faxriddin Yusupovich, Nurafshon shahar hokim o'rinbosarlaridan Nasiba Zokirova qatnashdi.
Festivalda o'quvchilar o'rtasida "Yosh kitobxon", "Zakovat"intellektual o'yini, shaxmat musobaqasi, kurash, mini futbol musobaqalari bo'lib o'tdi. Musobaqada Nurafshon shahar XTBga qarashli 1-,4-,32-maktab o'quvchilari o'zaro bahslashdi.
"Yosh kitobxon"tanlovida faxrli 1-o'rinni Nurafshon shahar XTBga qarashli 4-IDUM o'quvchisi S.Abduvahobova,"Zakovat" intellektual o'yinida esa faxrli 1-o'rinni shu maktabning 11-sinf o'quvchilaridan tashkil topgan "Shijoat"jamoasi qo'lga kiritishdi.