Birinchi xalqaro turnir
2021-yilning 7–10 dekabr kunlari Toshkentda shaxmat bo‘yicha karlar o‘rtasida O‘zbekistonda birinchi grossmeyster (ICCD) Alisher ANARQULOV xotirasiga bag‘ishlangan birinchi xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi. Musobaqada O‘zbekistondan tashqari Qozog‘iston va Qirg‘iziston Respublikasi vakillari ham ishtirok etishdi.
Musobaqani tashkillashtirish g‘oyasi karlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha ikki karra jahon chempioni Sirojiddin Zayniddinovdan chiqqandi. Murosasiz kechgan bahsda do‘stimiz Sirojiddin erkaklar o‘rtasida «Rapid» yo‘nalishida faxrli birinchi, «Blits» yo‘nalishida ikkinchi o‘rinni egalladi. Sirojiddinga qozog‘istonlik shaxmatchi Samazxan Kettebekov Sirojiddinga faol qarshilik ko‘rsatib, «Blits»dan birinchi va «Rapid»dan ikkinchi o‘rinni oldi.
Musobaqa faxriylar, erkaklar, ayollar, 19 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar, 19 yoshgacha bo‘lgan o‘smir qizlar o‘rtasida tashkil etilib, «Rapid» va «Blits» yo‘nalishi bo‘yicha dona surishdi.
O‘zbekiston Karlar Sport Federatsiyasi, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi, Turizm va sport vazirligi va Toshkent shahar hokimiyati hamda «Sport-Friendship-Victory» shaxmat maktabi ko‘magi bilan tashkillashtirildi. Shuningdek, Sirojiddin Zayniddinovning shogirdi bo‘lgan kelajagi porloq yosh shaxmatchimiz Javohir Sindorov ham alohida homiylik qilgani tahsinga sazovor. Musobaqa so‘ngida kamina ham g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimida ishtirok etdi ))
Quyida g‘olib va sovrindorlarning batafsil ro‘yxati keltirilgan:
Rapid musobaqasida:
1) Zaynidinov Sirojiddin (Oʻzbekiston)
2) Kettebekov Samazhan (Qozog‘iston)
3) Mamarajabov Sardorbek (Oʻzbekiston)
Faxriylar o‘rtasida:
1) Adilbaev Abdigappar (Oʻzbekiston)
2) Kim Eduard (Qirg‘iziston)
3) Turmanov Berik (Qozog‘iston)
Ayollar o‘rtasida:
1) Choposhova Inabat (Qirg‘iziston)
2) Gorokhova Natalya (Qozog‘iston)
3) Primkulova Albina (Qozog‘iston)
19 yoshgacha yoshlar o‘rtasida:
1) Shayusupov Marsel (Oʻzbekiston)
2) Kozhakhmetov Sultan (Qozog‘iston)
3) Bakhodirov Abdulaziz (Oʻzbekiston)
19 yoshgacha qizlar o‘rtasida:
1) Kobiljonova Jasmina (Oʻzbekiston)
2) Khojimurodova Rukhshona (Oʻzbekiston)
3) Abdullaeva Aydana (Oʻzbekiston)
Blitz musobaqasida:
1) Kettebekov Samazhan (Qozog‘iston)
2) Zaynidinov Sirojiddin (Oʻzbekiston)
3) Mamarajabov Sardorbek (Oʻzbekiston)
Faxriylar o‘rtasida:
1) Isadjanov Kuchkar (Oʻzbekiston)
2) Turmanov Berik (Qozog‘iston)
3) Khoshimov Farkhod (Oʻzbekiston)
Ayollar o‘rtasida:
1) Choposhova Inabat (Qirg‘iziston)
2) Zhilina Raushaniya (Qozog‘iston)
3) Primkulova Albina (Qozog‘iston)
19 yoshgacha yoshlar o‘rtasida:
1) Kozhakhmetov Sultan (Qozog‘iston)
2) Shayusupov Marsel (Oʻzbekiston)
3) Shoniyozov Azamat (Oʻzbekiston)
19 yoshgacha qizlar o‘rtasida o‘rtasida:
1) Kobiljonova Jasmina (Oʻzbekiston)
2) Khojimurodova Rukhshona (Oʻzbekiston)
3) Kholmamatova Qizlarhon (Oʻzbekiston)