“Biz ham bir oilamiz”
Taassurot
“Biz ham bir oilamiz”
Men pedagog sifatida oʻquvchilarim koʻzida porlab turgan umid uchquni va maqsadlarini koʻrganda quvonaman. Rus tili fani oʻqituvchisi boʻlganligim sababli, oʻquvchilarimning til oʻrganish borasidagi qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlayman. Biz bolalar bilan Toshkentdagi 10-maktabning A.S.Pushkin nomidagi adabiyot muzeyiga sayohat uyushtirdik. Darslar yakunlangandan soʻng ahil bir jamoa boʻlib yoʻlga chiqdik. Oʻylaymanki, bunday sayohatlar sinfdosh doʻstlarni hamjihatlikka chaqiradi.
Bunday xulosaga kelishimga muzeyga qilgan sayohatimizdan soʻng bir dasturxon atrofida jamul-jam boʻlib tushlik qilishimiz sabab boʻldi.
Muzeydan olgan yorqin taassurotlarimiz, rus tilida yangi yod olingan sheʼrlar jarangi, men rahbarlik qilayotgan sinf oʻquvchilarini oʻzgacha zavq bilan doʻstona muloqotga chorlagandi. Men ularning latifalariyu hazillari huddi bir oila farzandlari singari samimiy munosabatlariga qarab Hurmatli Prezidentimizning maktablar faoliyatiga qaratgan eʼtibori, ayniqsa biz sinf rahbarlari faoliyatini qayta tashkil etish borasidagi taklif va koʻrsatmalari qanchalik ahamityatga egaligini his etdim.
Maktab oʻquvchilarining aksariyat vaqti maktabda oʻtishini inobatga olsak, sinf rahbari zimmasidagi vazifa qanchalar masʼuliyatli ekanligini anglash qiyin emas.
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida 5-sinfdan boshlab yagona sinf rahbari faoliyatini tashkil etish borasidagi tashabbusli gʻoya bugun maktablar ishi va yoshlar maʼnaviy tarbiyasining asisiy qismiga aylandi.
Zero, “Yangi Oʻzbekiston – maktab ostonasidan, taʼlim-tarbiya tizimidan boshlanadi”, degan gʻoya bugun keng koʻlamli islohotlarimiz mazmuniga aylanib borayotgan ekan, biz sinf rahbarlarini amalga oshiramiz. Ota-onalar va m ahalla va oilani rivojlantirish tashkilotlari hamkorligida yoshlarni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi boʻlgan insonlar etib voyaga yetkazishda faol boʻlmogʻimiz lozim. Buning uchun bizdan talab qilinadigani: Farzandimiz singari oʻquvchilarimiz bilan doʻstona munosabatda boʻlish, ulardagi tadbirkorlik koʻnikmalari va mehnatsevarlik fazilatlarini qadrlash, kezi kelganida sirdosh, suhbatdosh boʻlib har qanday sharoitda oʻquvchilarimizdan begʻaraz yordamimizni ayamaslik.
Muqaddas AKBAROVA,
Shayhontohur tumanidagi 299-maktabi oʻqituvchisi