«Bizga toza ekologiya kerak»
Ko‘pgina ilmiy tadqiqotlar davomida ozonni yemiruvchi eng zararli hamda kelgusida xalq xo‘jaligida ishlatish uchun yaroqli bo‘lgan moddalar aniqlanib, uning natijalari 1987 yil 16 sentyabrda rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar tomonidan Ozon qatlamini yemiruvchi moddalar bo‘yicha Monreal protokolining qabul qilinishiga asos bo‘ldi.
Tadbir ishtirokchilari ozon qatlamini yemiruvchi moddalar-xlorftoruglerod tutgan birikmalar haddan tashqari ko‘p ishlatilishi natijasida o‘tgan asrning 80 yillari oxiriga kelib, Ozon qatlami yemirilishi natijasida «Ozon darchalari» hosil bo‘lib, uning himoya funksiyalari susayganligini qayd etdi.
Toshkent shahridagi 324-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan tadbir ayni shu maqsad, ya’ni Ozon qatlamini himoya qilish hamda ekologiyani asrashga qaratildi. Unda ta’kidlandiki, 1985 yilda Ozon qatlamini himoya qilish to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi qabul qilinganligi ozon muammosini hal etish bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarning aniq mexanizmi bo‘ldi. Mazkur Konvensiya doirasida ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazishda xalqaro hamkorlik, ozon qatlamini tizimli monitoring qilish, ozonni yemiruvchi moddalar – xlorftoruglerodli birikmalarning ishlab chiqarilishi monitoringi va axborot almashinuvi ko‘zlangan. Shuningdek, kelgusi yillarga mo‘ljallangan protokollar va tuzatishlar kiritish yo‘llari ham belgilangan.
Yig‘ilishda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi malaka oshirish markazi bo‘limi, Toshkent shahar ekologiya boshqarmasi, Shayxontohur tumani ekologiya bo‘limi xodimlari va tumandagi faol o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
O‘quvchilarning sahna ko‘rinishlari namoyish etildi, savol-javoblar o‘tkazildi. Ushbu mavzuga oid videoroliklar va qiziqarli ma’lumotlar berildi. Jumladan, Ozon qatlamini himoya qilish to‘g‘risida Vena Konvensiyasi qabul qilinganligi hamda 1987 yil 16 sentyabrda rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar tomonidan Ozon qatlamini yemiruvchi moddalar bo‘yicha Monreal protokolining qabul qilinishiga asos bo‘lgan? Monreal protokoli Ozon qatlamini himoya qilishdek global muammoni yechishda asos bo‘luvchi muhim hujjat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘quvchilar tadbir ishtirokchilariga yetkazib berishdi.
Tadbirda Saparboyev Ilxom Zarifovich Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi huzuridagi malaka oshirish markazi bo‘lim boshlig‘i Ilhom Saparboyev, bosh mutaxassis To‘lqin Qurbonov, Toshkent shahar ekologiya boshqarmasi vakili Dilrabo Rahmonova, Shayxontohur tumani ekologiya bo‘limi boshlig‘i Hojiakbar Miraxmedovlar qatnashishdi.
Ziyoda Tosheva,
Shayxontohur tumani xalq ta’limi bo‘limi Tabiiy fanlar metodisti