"Bola huquqlari va jurnalist mas'uliyati: muammo, tahlil va tavsiyalar" mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya
Konferensiyani O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O'sarov ochib berdi. U bugungi kunda ommaviy axborot vositalari bola huquqlari masalasida yo'l qo'yayotgan kamchiliklari, jurnalist xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish dolzarb masalalardan biri ekanini ta’kidladi: "Ayrim jurnalist va blogerlar bu masalaga panja orasidan qarab kelayotgani ularning qonunlarni yaxshi bilmasligidan dalolat beradi".
Bundan tashqari yig'ilganlar qonunchilik normalariga muvofiq, bolaning kamsitilishiga yo'l qo'ymaslik va bunga olib kelishi mumkin bo‘lgan har qanday noo'rin harakatlarni oldini olish zarurligi haqida ham fikr bildirib o'tdilar.
Tadbir doirasida mas'ul tashkilotlar xamkorligida jurnalistlar uchun
nashrga tayyorlangan “Sizni qiziqtirgan savollarga javoblar” kitobining
taqdimoti o'tkazildi. Ommaviy axborot vositalari xodimlari yetim va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar masalalari bo'yicha o'zlarini
qiziqtirgan savollarga ushbu kitobdan javob olishlari mumkin.