Bolalarni himoya qilish kuni
Bolalik — har birimizning oʻchmas, shoʻxlik va ezguliklarga toʻla, tashvishlardan yiroq boʻlgan begʻubor davrimizdir.
1 -iyun sanasi butun dunyoda "Xalqaro Bolalarni himoya qilish kuni" hisoblanadi.
Ushbu kun 1925-yilda Jenevada bolalar farovonligiga bagʻishlangan Butunjahon konferensiyasida ta'sis etilgan boʻlib, 1950-yildan beri bayram sifatida nishonlanib kelinadi.
Dastlab AQSHning Massachusetts shtati Chelsi shahridagi Universalist cherkovi pastori, doktor Charlz Leonard tomonidan ushbu sana “atirgul kuni” deb ataladi. Lekin keyinchalik “bolalar kuni" deb nomlana boshlangan.
Turkiya Respublikasida esa “Bolalar kuni” 1920-yil 23-apreldan boshlab rasmiy ravishda milliy bayram deb eʼlon qilingan va mamlakat boʻylab keng miqyosda nishonlanib kelinmoqda.
Shu jumladan, bugun ham yurtimiz boʻylab bayram shodiyonalari tarannum etib, bolalarga bagʻishlangan bayram dasturlari tashkillashtirilmoqda.
Xususan, Xalqlar doʻstligi San'at saroyidagi konsert dasturi, Yangihayot tumanidagi Toshkent Indexda "Muzqaymoq party" shousi hamda "Gʻofur Gʻulom" istirohat bogʻining ochilish marosimi aynan mana shu bayram munosabati bilan bolalarga quvoch ulashish maqsadida boʻlib oʻtmoqda.
Gulxanoy SAFAROVA
OʻzDJTU talabasi