Bosh qomusimiz bayrami
Konstitutsiya kuniga bag‘ishlab
O‘quvchilar ta’lim tizimidagi so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirildi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligi munosabati bilan Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani 18-umumta’lim maktabida “Konstitutsiya – baxtimiz poydevori” shiori ostida tadbir tashkil etildi. Unda yuqori sinf o‘quvchilariga mamlakatimiz ta’lim tizimidagi so‘nggi yangiliklar xususida ham tushuncha berildi.
Konstitutsiya xalqimiz uchun erkin va farovon yashashning qonuniy kafolati bo‘lib xizmat qilmoqda. Uning 37-moddasida har bir shaxsga erkin kasb tanlashhuquqi berilganligi belgilab qo‘yilgan bo‘lsa, 41-moddasida har kim bilim olish huquqiga ega, bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanishi qayd etilgan.
Tadbirda maktab o‘quvchilari bosh qomusimizdagi ushbu moddalar mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishtirildi. Respublikamizda ta’lim tizimiga doir qabul qilingan so‘nggi me’yoriy hujjatlar, ular asosida yo‘lga qo‘yilayotgan yangicha mexanizmlar haqida ma’lumot berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 19 noyabrdagi 696-son qaroriga binoan maktab bitiruvchisining shahodatnomasidagi 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari oliy ta’lim tashkilotlariga kirish ballariga qo‘shilishihaqidagi yangilik,shuningdek, prezident maktabi va ixtisoslashgan ta’lim muassasalariga qabul shartlari ko‘pchilik o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Tadbirda o‘quvchilar o‘rtasida konstitutsiyaviy bilim asoslari bo‘yicha savol-javoblar o‘tkazildi.
Mahliyo RAVSHANOVA ,
Bulung‘ur tumani dagi 18-maktab
o‘qituvchisi