“Boshlang‘ich ta’lim” yo‘nalishi o‘rtasida hamkorlik
Sergeli TXTB tasarrufidagi 300-IDUM rahbariyati hamda YOJU texnika instituti “Boshlang‘ich ta’lim” yo‘nalishi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Talabalar oliygohda olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash malakalarini shakllantirish, tajribali ustozlar faoliyatini kuzatish, dars jarayonida faol ishtirok etish uchun keng imkoniyat yaratildi.Talabalar uchun tashkil etilgan “Mahorat darsi” da o‘qituvchilardan Sh.M.Zokirova, Sh.M.Gulomova, M.M.Xolmuxamedovalar “Texnologiya” darsi bosqichlarini to‘g‘ri tashkil etish, o‘quvchilarning darsda olgan bilimlarini hayotda qo‘llay olishga yo‘naltirishning zamonaviy metodlarini amaliy namoyish etib berdilar.Talabalar qiziqtirgan savollarga javob berildi, kelgusida boshqa fanlarni o‘qitilishi bo‘yicha ham uchrashuvlar, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish haqida kelishib olindi. “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi mudiri Rustamova Manzura Mirkamalovna boshchiligida o‘tkazilgan amaliy mashg‘ulot talabalarda katta taassurot qoldirgani, kasbga qiziqishga yaxshi motivasiya bo‘lganini e’tirof etdi. 300- maktab rahbariyati YOJU texnika instituti rektori J.Sh.Kudaybergenov o‘rtasida tuzilgan shartnoma va olib boriladigan ishlar kelajakda ta’lim sifatini oshirishda o‘z samarasini ko‘rsatadi.
Manzura Rustamova,
“Maktabgacha va boshlangich ta’lim metodikasi” kafedrasi mudiri