Braziliyada bo‘lib o‘tgan 24-deaflimpiada o‘yinlarida O‘zbekiston vakillari 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi
Braziliyada bo‘lib o‘tgan 24-deaflimpiada o‘yinlarida O‘zbekiston vakillari 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi
Yaqinda Braziliyada bo‘lib o‘tgan kar va zaif eshituvchilar olimpiadasi(surdlimpiadasi)da O‘zbekiston vakillaridan 3 nafar ishtirokchi sportning taekvando turi bo‘yicha mahoratlarini namoyish etib, bronza medalini qo‘lga kiritishdi. Sovrindorlar Maftuna Abduyusupova va Dilbar Tojiboyeva 101-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatining bitiruvchilari, Go‘zal Eshmirzayeva esa 101-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 12-sinfida tahsil olmoqda. Ushbu olimpiadaga 30 dan ortiq davlat vakillari qatnashgan bo‘lib, ular ichida hamyurtlarimiz Vatanimiz bayrog‘ini yuksaklarda hilpirata oldi. Imkoniyatlardan unumli foydalana olish haqda gapirar ekanmiz, mana shunday yoshlardan o‘rnak olsak arziydi. G‘oliblarni qutlab qolamiz!