Bu shunchaki xotira asar emas
Bu shunchaki xotira asar emas
Bugun Milliy matbuot markazida Ozbekiston Respulikasida xizmat korsatgan jurnalist Abduholiq Abdurazzoqovning “Uch yuz oltmish beshinchi kun gapalari” kitobi taqdimoti otkazildi. Tadbirda Yozuvchilar uyushmasi azolari, faol jurnalistlar muallifning, dostlari va hamkasblari ishtirok etishdi. Anjuman qatnashchisi Qozoqboy Yoldoshov asarga: ”Bu shunchaki xotiralardan iborat asar emas. Bu kitobda millatning va bugungi jamiyatning ziynati, holati va feli aks etgan. Unda ozbek sozining hamma jilolardan, hamma imkoniyatlaridan foydalanilgan”, deya fikr bildirdi.
Publitsist va shoir Abduholiq Abdurazzoqovning “Uch yuz oltmish beshinchi kun gaplari” kitobi mustaqillik davri uchun xos bolgan badia janrida yozilgan. Ikkinchi jihati, unda muallif zamondoshlari ozi yaxshi bilgan, birga ishlagan, hamkorlik qilgan ijodkorlarning hayoti, ijodi va oy-tashvishlari haqida hikoya qiladi. Kitobdan joy olgan “Qadri baland qadriyat”, “Mening Halima opam”, “Lolazor” badialarida Pirimqul Qodirov, Halima Xudoyberdiyeva “falon paytda bunday degan, piston paytda unday degan” deb qahramonlari doxil bolgan voqelikka qozilik qilib otirmaydi. Bor gapni ortaga tashlab, xulosa chiqarishni oquvchining oziga qoldiradi. Lekin bu xolislik tamoman begonalik darajasiga burilib ketmagan. Chunki talatoplarga tola dolgali zamonda muallif doimo ozining qahramonlari bilan birga bolgan, ruhan ular bilan birga yashagan va kurashgan.
“Amir Temur siymosi” asarida Pirimqul Qodirov boshqa temurshunoslardan farqli olaroq, birinchi marta turonzaminni chingiziylar istilosidab qutqarib, Markaziy Osiyoda mustaqil turkiy davlatchilikka asos solgan sarkarda, buyuk davlat arbobi sifatida talqin etadi. Biz bu joyda Abduholiq Abdurazzoqning mana shu ijodiy jarayonning bevosita ishtirokchisi sifatida taniymiz.
“Bevosita ishtirokchilik” ruhi muallifning “Mening Halima opam”, “Lolazor”, “Uch yuz oltmish beshinchi kun gaplari” badialarida ham yetakchilik qiladi.
Tarixiy sharoit qulay kelib qolgani uchun biz Ozbekiston mustaqilligini hech qanday qon tokmasdan elon qildik. Lekin unga yetishish uchun daryo-daryo qon tokilgan edi. Uni himoya qilish, bugungi darajaga yetkazish uchun vatanparvar va millatparvar yurtdoshlarimiz qancha-qancha aziyat chekishdi. “Men Ozbekiston farzandiman” deguvchi insonlarga mustaqillikni himoya qilish va uning imkoniyatlarni xalqimiz hayotida royobga chiqarish uchun kurash bundan keyin ham oson kechmaydi. “Uch yuz oltmish beshinchi kun gaplari” kitobi ana shu ruhni zamondoshlariga yetkazish maqsadida yozilgan.